Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Biror sababga ko'ra, namozxonlardan birining imomning yonida


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

47-bob. Biror sababga ko'ra, namozxonlardan birining imomning yonida 
turmog'i
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam betob 
yotganlarida Abu Bakrga jamoatga imomlik qilmoqni buyurdilar. Abu Bakr (o'shanda) 
imomlik qilgan erdilar». Urva raziyallohu anhu ushbu hadisni quyidagicha davom 
ettiradirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'zlarini yengil his etib, namozga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
chiqdilar. Abu Bakrjamoatga imomlik qilayotgan erdi. Rasulullohni ko'rgach, (o'rin 
bo'shatmak maqsadida) orqasiga tisarila boshladi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam unga: «O'rningdan jilmag'il!» — deb ishora qildilar. Keyin, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Abu Bakrning yoniga kelib yonma-yon o'tirdilar. Abu Bakr Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamga iqtido qilib tik turib namoz o'qidilar. Odamlar ersa Abu 
Bakrga iqtido qilib namoz o'qishdi».
48-bob. Kech qolayotgan imomning o'rniga o'tib imomlik qilayotgan odam, 
imom kelib qolsa, tisarilib o'rnini bo'shatsa ham, bo'shatmasa ham, namoz joiz 
bo'ladir
Sahl ibn Sa'd naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Amr qabilasi nizosini 
tinchitmoq uchun ketgan erdilar. Namoz vaqti bo'lib qolgach, muazzin Abu Bakrga kelib: 
«Takbir aytayinmi?» — dedi. Abu Vakr: «Mayli»,— dedilar. Abu Bakrjamoatga imomlik 
qilib turganlarida Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib qoldilar. Odamlar safdan joy 
berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birinchi safga kelib turdilar. Odamlar Abu 
Bakrni ogohlantirmoq uchun chapak chaldilar. Abu Bakr payqamadilar. Odamlar 
qattiqroq chapak ura boshladilar. Shundagina Abu Bakr Janob Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamning kelganlarini ko'rdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«O'rningda turg'il!» — deb ishora qildilar. Abu Bakr raziyallohu anhu Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning (ishonch bildirib) «Joyingda turaverg'il!» — deb 
buyurganlaridan xursand bo'lib, Ollohga hamd aytib, ikki qo'llarini tepaga ko'tardilar-da, 
orqalariga tisarilib, birinchi safga turib oldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
joylariga o'tib jamoatga imomlik qildilar. Namoz tugagach, Abu Bakrga:
«Buyurganimdan so'ng nechun joyingizda turavermadingiz?» — dedilar. Abu Bakr: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilarida namoz o'qimoqqa Abu Bakrning 
haqqi yo'qdir!» — deb javob berdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ne bo'ldi 
sizlarga, ko'p qarsak chaldingiz? Kimki namozda biror narsani ko'rg'aydir, tasbih 
(subhonalloh) aytsin, tisbih aytsa, unga qaraydilar. Chapak chalmoq ersa xotinlarning 
ishidir»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling