Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Imomning takbirini odamlarga eshittirib turgan kishi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

67-bob. Imomning takbirini odamlarga eshittirib turgan kishi
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og'ir yotganlarida 
Bilol namozga chaqirib keldi. Shunda Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga 
imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, ul 
kishi sizning o'rningizda imomlik qilsalar, odamlar yig'ilaridan qiroatlarini eshitolmay 
qolg'aydir, yaxshisi Umarga buyuringiz!» — dedim. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga 
buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»— deb qaytarib aytdilar. Men Hafsaga: «Abu Bakr 
ko'ngli bo'sh odamdirlar, o'rningizda tursalar, yig'ilaridan odamlar Qiroatlarini eshitmay 
qolg'aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb Rasulullohga aytg'il!»— dedim. Rasululloh: 
«Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi xotinlar singaridirsizlar. Buyuringiz Abu Bakrga, 
jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Abu Bakr namozni boshlagach, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam yengil tortdilar. Keyin, ikqi kishi yordamida oyoqlarini zo'rg'a bosib 
masjidga chiqdilar. Abu Bakr Rasulullohning sharpalarini sezib joy bo'shatmoq uchun 
orqaga tisarila boshladilar. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «O'rningdan 
qimirlamag'il!» — deb ishora qildilar. Rasululloh sallallohu alay hi va sallam Abu 
Bakrning chap yonlariga kelib o'tirdilar. Abu Bakr tik turib o'qidilar. Janob Rasululloh 
o'tirgan hollarida o'qidilar. Abu Bakr Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
aytayotgan takbirlarini odamlarga eshittirib turdilar».
68-bob. Bir kishi imomga, odamlar ersa unga iqtido qilmog'i xususida
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Siz menga iqtido qilingiz, sizga 
orqangizdagilar iqtido qilsinlar!»— deganlari xususida quyidagi hadis zikr qilinadi:
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam og'ir yotganlarida 
Bilol ul kishini namozga chaqirib keldi. Janob Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, 
jamoat oldiga o'tib imomlik qilsin!» — dedilar. Men: «Yo Rasululloh, Abu Bakr ko'ngli 
bo'sh odamdirlar, ul kishi sizning o'rningizda imomlik qilsalar, yig'ilaridan odamlar 
qiroatlarini eshitolmay qolg'aydirlar, yaxshisi Umarga buyura qolingiz!»—dedim. Janob 
Rasululloh: «Abu Bakrga buyuringiz, jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar. Shunda men 
Hafsaga: «Abu Bakr ko'ngli bo'sh odamdirlar, o'rningizga imomlik qilsalar, yig'lab 
yuboradilar, odamlar qiroatlarini eshitolmag'aydirlar, Umarga buyura qolingiz, deb 
Rasulullohga aytg'yl!» — dedim. Rasululloh: «Sizlar Yusuf alayhissalom qissasidagi 
xotinlarga o'xshaydirsizlar, buyuringiz, Abu Bakr jamoatga imomlik qilsin!»—dedilar.
Abu Bakr imomlik qilmoqqa kirishgach, Rasululloh yengil tortdilar, so'ng ikki kishi 
ko'magida oyoqlarini sudrab bosib masjidga chiqdilar. Abu Bakr Janob Rasulullohning 
kelayotganlarini sezib, joy bo'shatmoqchi bo'ldilar. Rasululloh: «Urningda turaverg'il!»— 
deb ishora qildilar. Rasulullohni Abu Bakrning chap yonlariga olib borib o'tqazishdi. 
Rasululloh o'tirgan hollarida imomlik qildilar, Abu Bakr ul kishiga, odamlar ersa Abu 
Bakrga iqtido kildilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling