Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Quyosh botmay turib o'qilgan namoz savobsizdir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

30-bob. Quyosh botmay turib o'qilgan namoz savobsizdir
Ibn Umar raziyallohu anhuning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«Birortangiz quyosh chiqayotgan va batayotgan paytda namoz o'qisangiz, savobdan 
mahrum bo'lg'aydirsiz!»—deb aytgan erkanlar.
Abu Sa'id Xudriyning aytishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Tong 
otgandan keyin quyosh chiqib bo'lguncha ham, asrdan keyin quyosh botib bo'lguncha 
ham namoz o'qilmag'aydir»,—deb aytgan erkanlar.
Himron ibn Abbon quyidagi hadisni rivoyat qiladirlar: «Muoviya bir kuni: «Sizlar 
o'qiyotgan namozni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga yurib ham biror 
marta o'qiganlarini ko'rmaganmiz, u kishi asrdan keyin ikki rak'at namoz o'qimakni man' 
qilgan erdilar»,— deb aytdilar».
Hafs ibn Osimning Abu Hurayradan naql qilishlaricha, Rasululloh sallalloxu alayhi va 
sallam tong otgandan keyin quyosh chiqquncha va asrdan keyin quyosh botguncha 
namoz o'qimakni makruh qilgan erkanlar.
31-bob. Asr va tong otgandan keyingi namozlardan boshqasini man' qilmagan 
kishi xususida
Ibn Umar raziyallohu anhu «Men birodarlarim nechuk namoz o'qiyotganlarini ko'rgan 
ersam, shundok, namoz o'qiydirmen. Men biror kipjning kechasi va kunduzi, istagan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
paytda namoz o'qimog'iga qarshi ermasmen, quyosh chiqayotgan! va quyosh 
batayotgan paytda o'qimasa, basdir»,— deydilar.
32-bob. Asrdan keyin o'qiladirgan qo'shimcha va shunga o'xshash namozlar 
haqida
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyin ikki 
rak'at namoz o'qidilar-da, «Hali Abd ul-Quddus qabilasidan kelgan kishilar mening 
peshindan keyin ikki rak'at namoz o'qimog'imga xalal berdilar»,— dedilar».
Oisha raziyallohu anho rivoyat qiladirlar: «Xudo haqqi, Janob Rasululloh Ollohga ro'para 
bo'lgunlariga (vafot etgunlariga) qadar peshin va asrdan keyin o'qiydigan ikki rak'at 
namozlarini sira tark etmadilar. U kishi keksayib qolib, o'sha namozlarni ko'pincha o'tirib 
o'qiydirgan bo'lib qolganlarida Ollohga ro'para bo'ldilar (vafot etdilar). Janob Rasululloh 
qo'shimcha ikki rak'at namozni ummatlarim ham o'rganib olib, qiynalib qolmasinlar deb
masjidda o'qimas erdilar, aksincha ummatlariga yengillik yaratmoqqa intilar erdilar».
Hishomning otalari rivoyat qiladirlar: «Oisha raziyallohu anho: «Ey, singlimning «o'g'li 
(jiyanim)! Nabiy sallallohu alayhi va sallam asrdan keyingi ikki rak'at namozni mening 
huzurimda o'qimagan kunlari bo'lmagandir»,— dedilar».
Oisha raziyallohu anho: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdoddan oldingi va 
asrdan keyingi o'qiydirgan ikki rak'at namozlarini yashirmas ham erdilar, e'lon ham 
qilmas erdilar»,— deydilar.
Asvad va Masruq raziyallohu anhumoning aytishlaricha, Oisha onamiz: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam kunda asrdan keyingi ikki rak'at namozni o'qimay mening 
huzurimga kelmas erdilar»,— degan ekanlar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling