Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1289204
  1   2   3   4
Bog'liq
15.10.2022 DTM online Javobsiz



Dilshod Mirzayev
 
Murojaat: (97) 135 36 37 
Ona tili (majburiy) 
1. Qars-qurs, lip-lip, tars, yilt-yilt, ship, yarq,
g‘a-g‘a, g‘iyq.
Ushbu soʻzlarning soʻz turkumini toping.
A) undov B) modal C) sifat D) taqlid
2. Shom sari yurish oldidan Qorabog‘da chodir 
tikib uzoq turib qoldik. Harb-u zarb mashqlarini 
puxtalamoq uchun qo‘shin ichinda bo‘lib, ochiq 
havoda tunadik. Ko‘p vaqt o‘tkazib, safar oldidan 
chodirga qaytsak, ajib manzaraning guvohi 
bo‘ldik. Ajratib ko`rsatilgan so`zning eskirgan 
(arxaik) shakli qaysi qatorda berilgan?
A) sipoh B) raiyat C) cherik D) dorug`a
3. Og’rimoq so’zi qaysi bandda o’z ma’nosida 
qo’llangan? 
A) Dili og’rimoq
B) Joni og’rimoq
C) Ko’ngli og’rimoq D) Boshi og’rimoq
4. Zag`chaning turqi ham, ovozi ham qarg`alarga 
yot edi.
Ushbu gapdagi ajratib ko`rsatilgan so`z qaysi 
turkumdagi so`z bilan shakldoshlik hosil qiladi?
A) sifat B) fe`l C) ot D) ravish
5. Qaysi javobda miqdor sonning bir ma`noviy 
turiga mansub so`zlar qatori berilgan?
A) beshtadan, yettita, minglab
B) sakkiz, uchalasi, qirqta
C) beshdan ikki, chorak, yarim
D) yuzlab, mingtacha, to`qqiz
6. Qaysi gapda paronim qo`llash bilan bog`liq 
xatolik uchraydi?
A) Hunarni asrabon netkumdur oxir, Olib 
tuproqqami ketkumdur oxir.
B) Haq yo`linda kim senga bir harf o`qutmish ranj 
ila, Aylamak bo`lmas ado oning haqin yuz ganj 
ila.
C) Har kishikim, birovga qozg`ay chog`, Tushgay 
ul chog` aro o`zi nogoh
D) Quyoshlig` istasang, kasbi kamol et,
Kamol kasb etarsen, bemalol et.
7. Indamay konduktorning yoni... o‘tib oldim. 
Ushbu gapda ko‘p nuqtalar o‘rniga qaysi kelishik 
qo‘shimchasini qo‘llash uslubiy jihatdan to‘g‘ri 
sanaladi?
A) (ni) tushum kelishigi
B) (da) o‘rin-payt kelishigi
C) (ga) jo‘nalish kelishigi
D) (ning) qaratqich kelishigi
8. 
Berilgan so’zlardan qaysi biri ajratib yozilishi 
kerak?
A) qayroqtosh B) shirinso’z C) salko’k D) qiymataxta 
9.
Qaysi qatorda imloviy xatolikka yo’l qo’yilgan?
A) Vatanni shunchaki sevish mumkin emas.
B) Odamzod xasad qilmasligi kerak.
C) Kichkina bolakay yo’lda yiqilib tushdi.
D) Vatan tuyg’usi eng ulug’, eng mo’tabar 
tuyg’ulardan biridir.
10. Berilgan so’zlarning qaysi birida faqat til oldi, 
sirg’aluvchi undoshlar ishtirok etgan?
1) muvozanat; 2) larza; 3) faylasuf; 4) shoira;
5) shovul; 6) salla.
A) 1,2, 6 B) 3,4,5,6 C) 2,3,4 D) 2, 4, 6 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling