Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37


Asosiy Ona tili va adabiyot


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1289204
1   2   3   4
Bog'liq
15.10.2022 DTM online Javobsiz

Asosiy Ona tili va adabiyot
11. Qaysi gapda aniqlovchi vazifasidagi so’z 
imlosida xatolik kuzatiladi? 
A) Yangi uy bilan mukofatlanganlar quvonchi 
cheksiz. 
B) yaxshilik va farovonlikning ildizi ilm bilan 
rivojlanadi. 
C) Yot illaylarni jamiyatimizdan tak-tugi bilan 
sug’urib tashlaymiz. 
D) Do’stim, ta’magirlik har qanday insonni 
qabohat sari yetaklaydi. 
12. Qaysi gapdagi undalma tarkibida 4 ta til oldi 
jarangli undosh qatnashgan?
A) Yosh do‘stim, o‘qituvchi ham xuddi onadek 
mehribon, ulug‘.
B) Botir bo‘ling, bolalarim, dushmanga aslo 
bo‘yin egmang.
C) Ey farzand, qancha notiq bo‘lsang ham, 
o‘zingni bilganlardan pastroq tutgil.
D) O, gul bahor, sen ochil, sochil, madh etayin 
men yoza-yoza.
13. Qaysi javobda ergash gap qismida imloviy 
jihatdan xato yozilgan ega qatnashgan?
A) Agar do‘stingga tushgan xafv seni ham 
tahlikaga solmasa, sen chinakam do‘st emassan. 
B) Podshox asirni afv etibdi, bu esa uning vaziriga 
yoqmabdi.
C) Bu savollardan shu ma’lum bo‘ldiki, aybnoma 
uydurma emas ekan.
D) Kimki astoydil harakat qilsa, muvafaqiyat uni, 
albatta, topib keladi.
14. Qaysi javobda ot turkumiga oid so‘z bilan 
paronim bo‘la oladigan birlik berilgan?


Dilshod Mirzayev
 
Murojaat: (97) 135 36 37 
A) yod В) xam C) bob D) ahil
15. Qaysi gapda asosi fe’l bilan shakldosh bo‘la 
oladigan sodda yasama so‘z qatnashmagan?
A) Chiroyli, do‘mboq bola eshik oldida yotsirab 
turardi.
B) Mahalladagi o‘rtoqlarim bilan bolalikdagi 
sho‘xliklarimizni eslab maza qildik.
C) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiq-issiq 
choy ichdi.
D) Inson sog‘ligi hamma narsadan qimmat turadi.
16. Bilimli kishi zarur gapni so'zlaydi, keraksizini 
aslo gapirmaydi. Ushbu gapda qatnashgan yasama 
so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda to‘ldiruvchi 
vazifasida kelgan.
B) Yasama so‘zning yasama so‘zga boglanishi 
kuzatiladi.
C) Yasama so‘zlar 2 o‘rinda kesim vazifasida 
kelgan.
D) Yasama so‘zning aniqlovchi vazifasida kelishi 
kuzatiladi. 
17. Qaysi javobda holat ravishlari berilgan?
A) yugurib, harsillab, shoshib
B) arang, mardlarcha, jim
C) dir-dir, kuyinib, yumshoq
D) olg‘a, qiynalib, ko‘p
18. Qaysi qatorda ravish qo‘llanmagan?
A) Bir yil avval o‘g‘lining og‘zidan birdan shu 
gap chiqib ketdi.
B) O‘sha voqeadan so‘ng biz ahil, ajralmas 
do‘stlar bo‘lib qoldik.
C) Xabar etgach, kampir darrov kalishini kiyib 
yo‘lga otlandi.
D) Toshmurod haqiqatan ham anchagacha o‘zini 
ko‘rsatmadi. 
19. Qaysi gapda maqsad ravishdoshi qatnashgan? 
A) Xola, ukam qani, olib ketgani keldim.
B) Tong otgach, yo‘lga tushdik.
C) Bo‘ladigan savdoning tezroq bo‘lgani yaxshi. 
D) Har kimning o‘qigani o‘ziga foyda.
20. Bostirib kelayotgan qo‘shinni to‘xtatish, 
mag‘lubiyatni zafarga aylantirish va mamlakatni 
qutqarib qolish uchun goho o‘rnida aytilgan 
birgina so‘z ham kifoya bo‘lgan. Ushbu gapda 
majhul nisbatdagi fe’l bilan ifodalangan 
aniqlovchi qaysi gap bo‘lagini aniqlab kelgan?
A) to‘ldiruvchini
B) egani
C) aniqlovchini 
D) kesimni
21. Tiniq osmon o’zining bor go’zalligi va 
malohatini cheksiz balandliklardan ulug’vorlik 
bilan bizga ko’z-ko’z qilib turar edi. 
Ushbu gapda qatnashgan sodda yasama so’zlar 
sonini aniqlang. 
A) 6 B) 5 C) 4 D) 3 
22. Hayot go‘zal, hayot maroqli, Shuning uchun 
erka ko‘ngil shod. Ushbu she’riy parchada 
qatnashgan sifatlar haqidagi qaysi ma’lumot 
to‘g‘ri emas?
A) Otdan yasalgan sifat ishtirok etgan.
B) Faqat oddiy darajadagi sifatlar ishtirok etgan. 
C) Egani aniqlab kelgan nisbiy sifat ishtirok 
etgan.
D) Tub va yasama asliy sifatlar ishtirok etgan.
23. Tarkibida ham vazifadosh ko‘makchi, ham sof 
ko‘makchi qatnashgan gapni aniqlang.
A) Hasharchilar tushlikdan keyin yana dalaga 
qarab yo‘l oldilar.
B) Majlis boshlanishidan avval ma’ruzasini yana 
bir bor diqqat bilan o‘qidi.
C) Ustoz bir necha soniyalik sukutdan so‘ng do‘sti 
tomon yuzlanib gap boshladi.
D) Axir baliq ham suvga intiladi, ko‘kat yorug‘lik 
sari bo‘y cho‘zadi.
24. Qaysi gapda hokim qismi sifatlovchi 
aniqlovchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili 
birikma qatnashgan?
A) Ko‘p o‘ylaydigan odam iloji boricha kam so‘z 
ishlatib, ko‘proq fikr berishga intilib gapiradi.
B) Tilning sofligi, ma’no aniqligi, o‘tkirligi uchun 
kurash - madaniyat quroli uchun kurashdir.
C) O‘rnida aytilgan ezgu fikr dunyoni 
harakatlantiruvchi kuchdir.
D) Til do‘stlik va hamjihatlikni qaror toptirishning 
eng qulay vositasi ekanligi shubhasizdir.
25. Qaysi javobdagi tasviriy ifodaning izohi 
to‘g‘ri emas?
A) oq oltin - pilla
B) charm qo‘lqop ustalari - bokschilar
C) yaylov bahodirlari - cho‘ponlar
D) hayvonlar podshosi – sher
26. Quyida berilganlardan qaysilari shakldoshlik 
xususiyatiga ega bo‘lgan asosdan yasalgan 
shakldosh yasama so‘zlar sanaladi?
1) bo‘sha; 2) oqish; 3) yozmoq; 4) toza; 5) kechik; 
6) chopmoq.
A) 1, 2, 5 B) 1, 5 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 4, 5 



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling