Dilshod Mirzayev Murojaat: (97) 135 36 37


Download 0.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1289204
1   2   3   4
Bog'liq
15.10.2022 DTM online Javobsiz

Dilshod Mirzayev
 
Murojaat: (97) 135 36 37 
17. Quyidagi so’zlarning qaysi birining izohi 
to’g’ri berilmagan? 
A) istiloh- bosib olish, zabt etish
B) ko’lanka-soya
C) javraqi- yoqimsiz gaplarni ko’p gapiradigan 
D) intiqom- qasos, o’ch 
28. Nuqtalar o’rniga jarangsiz, chuqur til orqa 
undoshi yoziladigan ot so’z turkumiga mansub 
so’zlar qatorini belgilang. 
A) tannar…, ..iyobon B) ..aridor, ..ovuz 
C) ..ovur, …ovuz D) muta..ssis, fa..riy 
29. Qaysi gap tarkibida sodda yasama so’zlardan 
faqat yasama fe’lning qatnashishi kuzatiladi? 
A) Ko’m-ko’k osmonda suzib yurgan paxtadek 
yumshoq bulutlar yonayotgandek lovullardi.
B) Hovli tor, devorlari baland, xuddi kattakon
hovuzga o’xshar, buning ham to’rtdan birini
ayvon egallagan edi. 
C) Usta qarigina, burni cho’tirroq, juda so’zamol, 
mahmadona kishi. 
D) Chollar kulgidan qotib qoldilar, ularning 
burushgan yuzlari ruhlanib, ko’zlarini kulgi 
namladi.
30. Qaysi qatorda takroriy sifat hol vazifasini
bajarib kelgan? 
A) Oyi-i-i!!! U boshidan hushini uchib 
borayotganini elas-elas his qilib o’ziini yerga
otdi. 
B) Kimdir yelpib-yelpib barra-barra go’shtlardan
kabob pishiryapti. 
C) Ko’ngliga tugib qo’ygan gaplarni qisqa-qisqa 
aytdi-yu, o’sha zahoti chiqib ketdi. 
D) Shoxlar qurib, ulardan yakkam-dukkam 
yaproqlargina qolardi.
31. Uning metinday tanasiga chinorlar ham havas 
qilishida, bu yigit alpday tik turganida quyoshni ham 
o’zining zabardast gavdasi bilan to’sib qo’ya 
olishida, butun vujudida kuch va g’ayrat olovday 
lovullab turishida, so’zi va qarashlarida, qilayotgan 
mehnatida keskir qilichday irodaning kuchi yaqqol 
sezilib turishida. Shoir o’z qahramoniga bergan 
barcha ta’riflarini jamlab, uni Sharqning buyuk 
afsonaviy qahramoni «Rustam kabi zo’r edi», – 
deydi. 
Ushbu ma‟lumot qaysi qahramon haqida? 
A) Baxtiyor ( Oygul bilan Baxtiyor )
B) Gans ( Botir tikuvchi ) 
C) Kenja Botir ( Uch og’a-ini botirlar )
D) Qosim cho’loq ( Fonarchi ota ) 
32. Darhaqiqat, shoirning yuragi sof tuyg’ulardan 
oziqlanadi. 
Ushbu gap haqidagi xato hukmni aniqlang.
A) gapda faqat ochiq bo’g’indan iborat fonetik 
hodisaga uchragan so’z qatnashgan. 
B) gapda faqat jarangsiz undoshlardan tashkil 
topgan bir bo’g’inli so’z qatnashgan. 
C) harf birikmasi qatnashgan so’z faqat yopiq 
bo’g’indan iborat. 
D) vergul bilan ajratilgan so’zning ochiq va yopiq 
bo’g’inlarining miqdori bir xil hisoblanadi. 
33. Qaysi javobdagi gapda fonetik hodisaga 
uchragan qator undoshli so’z qatnashgan? 
A) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa 
chalinardi, ba’zan itning akillashi eshitilardi. 
B) Insonning haqiqiy qadr-qimmati shundaki, uni 
hatto hasadchilar ham maqtashga majbur 
bo’ladilar.
C) U beg’ubor yaylov havosida ulg’aygan kamgap 
va qaysargina bir bola edi. 
D) Qo’llarining keskin harakati bilan xalqqa 
tinchlanishni buyurdi. 

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling