Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


NAMOZ VAQT LARI HAQIDA KITOB


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

NAMOZ VAQT LARI HAQIDA KITOB
Olloh taolo bu xususda: «Namoz vaqtlari mo''min bandalarga Kitobda belgilab 
berilmishdir» — deydi.
Abdulloh ibn Muslima rivoyat qiladilar: «Bir kuni Umar ibn Abdulaziz namozni kechiktirib 
o'qidi (asr namozi bo'lsa kerak). Shunda uning huzuriga Urva ibn Zubayr kirib: «Bir kuni 
Mug'ira ibn Shu'ba Iroqdalik kezida namozni kechiktirib o'qiganida Abu Mas'ud al- 
Ansoriy: «Bu nesidir, ey Mug'ira! Men senga Jabroil alayhissalom osmondan tushib
namoz o'qidilar, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham namoz o'qidilar; Jabroil 
alayhissalom yana namoz o'qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar; Jabroil 
alayhissalom yana namoz o'qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar; Jabroil 
alayhissalom yana namoz o'qidilar. Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar; Jabroil 
alayhissalom yana namoz o'qidilar, Janob Rasululloh ham namoz o'qidilar. Keyin:
«Menga shundoq qilmoq (ya'ni, besh vaqt namoz o'qimoq) amr qilinmishdir»,— dedilar, 
deb o'rgatmaganmidim?! »—dedi. Umar ibn Abdulaziz Urvaga: «Neni nazarda tutib 
so'zlayotganingizni bilurmen, Jabroil alayhissalom Janob Rasulullohga namoz vaqtlarini 
belgilab bergandirlar»,— dedi. Urva: «Bashiyr ibn Abu Mas'ud ham otasi Abu Mas'ud 
xususida shundoq deb hikoya qilib bergan erdi. Oisha onamiz: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam asrni hujralariga Quyosh tushmasdan ilgari o'qib olar erdilar»— 
deganlar»,— dedi».
1-bob. Olloh taoloning «(Ollohga) tavba qilib, undan qo'rqingiz va namoz 
o'qingiz, mushrik bo'lib ketmangiz!» — degan kalomi sharifi xususida
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
huzurlariga Abd ul -Qays qabilasidan vakillar kelib, «Anavi Rabiy'a qavmi bizga xalal 
bermoqda, huzuringizga haj oyidan boshqa vaqt kelmakka imkonimiz yo'qdir. Bizga biror 
narsa buyursangiz, biz uni sizdan o'rganib, uyimizdagilarga borib o'rgatsak!» — 
deyishdi. Janob Rasululloh: «Sizlarga to'rt narsani buyurib, to'rt narsani, man' 
qilg'aymen: Ollohga iymon keltirmoq (ya'ni, Lo iloha illa-l-lohu, demoq), mening 
Ollohning Rasuli ekanlig'imni tan olmoq, namoz o'qimoq va o'ljangizning beshdan berini 
zakot qilmoqni buyurg'aymen hamda dubbo', hantam, muqayyar va naqiyrni man' 
qilg'aydirmen»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling