Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namoz o'qiyotgan kishining ro'parasiga kelib turmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

102-bob. Namoz o'qiyotgan kishining ro'parasiga kelib turmoq
Usmon Zunnurayn namoz o'qiyotgan kishining ro'parasiga kelib turmoqni makruh 
hisobladilar. Darhaqiqat, bu namozxonning ko'nglini buzsa yokim fikrini bo'lsa, 
makruhdir, ammo aksincha bo'lsa, zarari yo'qdir.
Zayd ibn Sobit: «Men bunga parvo qilmaydirman, namoz o'qiyotgan erkak kishining 
ro'parasiga erkak kishining kelib turmog'i, namozni buzmaydir» — deydilar.
Oisha onamiz haqlarida rivoyat qiladilar: «Oisha onamizning huzurlarida namozni 
buzadirgan narsalar haqida suhbat borardi. Sahobalar: «Namozni namozxonning oldidan 
it, eshakva ayolning o'tmog'i buzg'aydir» deyishdi. Oisha onamiz: «Bizni itga 
tenglashtirdingizmi?! Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, men qibla tomonda 
o'rindiqda yonboshlab yotganimda kelib, namoz o'qiy boshlar erdilar. U kishining qibla 
taraflarida uzala tushib yotmoqni o'zimga ep ko'rmay, sekingina o'rnimdan sug'urilib 
chiqib ketar erdim»,— dedilar».
103-bob. Uxlayotgan odamning orqa tomonida namoz o'qimoq
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qir 
erdilar, men u kishining o'rinlarida qiblaga ko'ndalang holda yotardim. Vitr o'qimoqchi 
bo'lganlarida meni uyg'otar erdilar. U kishi birlan vitr o'qir erdim».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
104-bob. Ayolning orqa tarafida nafl namozi o'qimoq
Oisha onamiz bunday degan edilar: «Oyog'imni uzatib yotgan erdim, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam kelib oyoq tomonimda namoz o'qiy boshladilar. U kishi sajda 
qilayotganlarida meni turtib qo'yardilar, men oyog'imni yig'ishtirib olardim, qiyomga 
tursalar, uzatib yuborardim. O'sha paytlarda uylarda chiroq bo'lmas erdi».
105-bob. Namozxon oldidan har qanday narsa o'tsa ham, namoz buzilmaydir, 
deydiganlarning dalili
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Ollohga qasam ichib ayturmankim, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam namoz o'qiyotganlarida o'rin-to'shakda u kishining qibla 
tomonlarida yonboshlab yotgan erdim. O'rnimdan turib ketay desam, u kishiga qibla 
bo'lib qolib, ozor berib qo'yg'ayman. Shunda sekingina o'rnimdan sug'urilib chiqdim-da
oyoqlari yonidan o'tib ketdim».
Ya'qub ibn Ibrohimdan akasining o'g'li Ibn Shihob namozni buzadirgan narsalar 
to'g'risida so'rabdir. Shunda Ya'qub ibn Ibrohim: «Namozni hech narsa buzmaydir», — 
deb javob beribdir.
Oisha onamiz bunday deganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi turib 
namoz o'qir erdilar, men esam u kishining qibla tomonlarida o'rin-to'shakda uzala tushib 
yotar erdim».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling