Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


NAMOZ O'QILADIGAN JOYNING QIBLA TOMONMNI TO'SIB QO'YISH HAQIDAGI


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

NAMOZ O'QILADIGAN JOYNING QIBLA TOMONMNI TO'SIB QO'YISH HAQIDAGI 
BOBLAR 
90-bob. Imom oldidagi to'siq orqadagi namozxonlarga ham kifoya qiladir
Abdulloh ibn Abbos rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda 
(qurbonlik qiladigan joyda) odamlar birlan namoz o'qiyotgan edilar. Men balog'at 
yoshiga yotay deb qolgandim. Janob Rasululloh oldilariga to'siq qo'ymay namoz 
o'qiyotgan edilar. Tasodifan men bir urg'ochi eshak minib kelib qoldim, bir necha 
namozxonlarning oldidan o'tdim-da, eshakdan tushib, uni o'tlagani haydab yubordim, 
keyin o'zim namozxonlar safiga kelib turdim. O'shanda menga hech.kim tanbeh 
bermadi».
Ibn Umar quyidagi hadisni aytdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayit namozi 
o'qigani chiqsalar, g'ulomlariga uchi nayza hassalarini olib kelmoqni buyurar erdilar. 
Keyin, hassani ro'paralariga sanchib qo'yib, o'shanga qarab namoz o'qir zrdilar. Odamlar 
ersa u kishining orqalarida (to'siq qo'ymay) namoz o'qishardi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam safarga chiqqanlarida ham shunday qilar erdilar. O'sha sababdan 
amirlar ham namozgohga chiqqanlarida o'zlari birlan hassa oladirgan bo'lishdi».
Avn ibn Abu Juhayfa quyidagi hadispi otamdan eshitgandim, deydilar: «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Batho degan joyda ro'paralariga uchi nayza hassalarini 
sanchib qo'yib, biz birlan namoz o'qidilar. Peshinni 2 rak'at, asrni 2 rak'at o'qidilar. 
Oldilaridan bir ayol va eshak o'tib ketsa ham, parvo qilmadilar».
91-bob. Namozxon birlan to'siq oralig'i qancha bo'lmoqligi bayonida
Sahl ibn Sa'd naql qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz 
o'qiyotgan joylari birlan devor orasida bir qo'y o'tgudek masofa bor erdi».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Salama ibn Abu Ka'b dedilar: «Minbar birlan masjid devori oralig'i qo'y o'tgudek erdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling