Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Madinaga boradigan yo'llar yoqasidagi masjidlar va Rasululloh
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
89-bob. Madinaga boradigan yo'llar yoqasidagi masjidlar va Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam to'xtab namoz o'qigan joylar Muso ibn Uqba quyidagicha naql qiladilar: «Solim ibn Abdullohning Madinaga boradirgan yo'lning ayrim joylarida ataylab to'xtab namoz o'qiyotganini ko'rdim. Uning aytishycha, otasi Abdulloh ibn Umar ham shu joylarda namoz o'qir erkan, u Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning aynan shu joylarda namoz o'qiganlarini ko'rgan erkan». Muso ibn Uqba rivoyat qiladirlar: «Nofi': «Ibn Umar raziyallohu anhu o'sha joylarda namoz o'qir erdilar»,— dedi. Men Solimdan: «Shu to'g'rimi?» — deb so'radim. U Nofi'ning «Rasululloh o'sha joylarning hammasida namoz o'qiganlar»,— degan fikriga qo'shildi. Lekin, Nofi' birlan Solim Rasulullohning Ravho'tepaligida namoz o'qiganliklari to'g'risida aniq bir gap aytisha olmadi». Nofi': «Menga Abdulloh bunday degandi»,— deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam umra (kichik haj) va haj (katta haj) qilgani yo'lga chiqqanlarida Zulhulayfa degan joydagi masjidda to'xtab, samra daraxtining tagida dam olardilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam haj yoki umradan qaytishda (shu yo'ldan yursalar) Batni Vodiyning sharqiy chekkasidagi Batho degan joyda tushar erdilar. Keyin, tong otguncha shu yerda qolar erdilar. Katta, qoyatosh yonidagi masjidda ham, ustiga masjid qurilgan tepalikda ham qolmas erdilar. Rasulullohning tanlagan joylari vodiyning chuqur yerida erdi. Abdulloh bu joyda namoz o'qimoqni odat qilgandi. Ilgari Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham Abdulloh namoz o'qigan joyda namoz o'qigan erkanlar, keyinchalik, o'sha joyni sel olib, ko'mib yuborgan erkan. Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va rallam Ravho tepaligidagi katta masjid o'rnida ermas, balkim kichik masjid o'rnida namoz o'qiganlar»,— dedilar. Keyin menga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o'qigan joylarini tushuntirayotib: «Yamandan Makkaga olib boradirgan yo'lning chekkasidagi masjidda namoz o'qib turganingda o'ng tomoningda bo'ladir, masjid birlan o'sha joy oralig'i bir tosh otimdan ko'p ermas yokim shunga yaqin keladir»,— deb ham aytdilar. Ibn Umar Ravhodan chiqaverishdagi Irq degan joyga qarab namoz o'qir erdilar. Madinaga ketayotganingda Irq birlan Ravho tepaligi oralig'ida masjid bor. Abdulloh o'sha masjidda namoz o'qimas erdilar. Masjidni orqaroqda qoldirib, Irqqa qarab namoz o'qir erdilar. Abdulloh o'sha joyda namoz o'qimoq uchun Ravhodan peshinni o'qimay qaytar erdilar. Agar Makkadan kelayotgan bo'lsalar-u, shu joyga tongdan biror soat ilgari yoki saharning oxirrog'ida kelib qolsalar, bomdod namozini o'qimoq uchun ataylab to'xtar erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yo'lning o'ng tomonidagi Ruvaysa degan qishloq yaqinidagi katta daraxtning tagiga kelib tushar erdilar. Keng va tekis joydagi bu daraxt tepalikka yaqinroq, Ruvaysadan ikki mil narida. Tepalik usti bino singari tekis bo'lib, sal qiyshiqroq, pastda ersa ko'plab qum uyumlari Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy mavjud. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Arj qishlog'ining orqasidagi qum tepalikning chekkasida namoz o'qir erdilar». Hadaba degan tepalik tomonga ketayotganingdagi masjid yonida 2 yoki 3 ta qabr bor. Qabrlar ustiga katta-katta toshlar o'rnatilgan. Abdulloh kun ko'tarilgandan keyin yo'lning o'ng tomonidagi salamazor (salama — daraxt turi) oralab Arjdan yo'lga chiqar erdilar. Peshinni o'sha masjidga borib o'qir erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Harsha tog'i etagidagi pastlikka, yo'lning chap tomonidagi daraxtlar tagiga kelib tushar erdilar. O'sha pastlik Harsha tog'ining bir yoniga tutash erdi. U bilan yo'l o'rtasidagi masofa bir kamon o'qi yetgulik erdi». Abdulloh yo'l yoqasiga yaqinroq eng uzun daraxtning tagida namoz o'qir erdilar. Abdulloh bunday degandilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Madina tbmondan kelayotganlarida Marrizahron degan joyga yaqinroq joylashgan bir pastlikda dam olardilar. Makkadan kelayotganlarida esa yo'lning chap tomonida joylashgan Safravot degan joy orqali yana o'sha pastlikka tushar erdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kelib tushadirgan jrylari birlan yo'l o'rtasidagi masofa tosh otganda yetgulik edi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Zu Tuvan degan joyda tong otguncha qolar erdilar. Makkadan kelayotganlarida esa u yerda bomdod vaqtigacha qolib, bomdod namozini o'qib ketar erdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling