Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Masjid va boshqa joylarda (biror zaruratga ko'ra) ikki panja
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
88-bob. Masjid va boshqa joylarda (biror zaruratga ko'ra) ikki panja
barmoqlarini bir-biriga chalishtirmoq Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam barmoqlarini chalishtirdilar»,— deydilar. Osim ibn Muhammad bunday deydilar: «Quyidagi hadisni otamdan eshitgan erdim, lekin yodimda qolmabdir. Ukam Voqid otamdan eshitib, uni menga qayta aytib berdi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abdulloh ibn Amrga: «Ey Abdulloh ibn Amr, odamlar birlan mana shunday muomala qilaversang, bo'lmaydirmi?» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirgan erkanlar». Abu Muso rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Binoni to'rtta devori ushlab turgandek mo''minlar ham bir-birlarini qo'llab-quvvatlab turg'aydirlar» deb barmoqlarini bir-biriga chalishtirib ko'rsatdilar». Ibn Sirin Abu Hurayradan eshitib, quyidagi hadisni aytib berganlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam imomatga o'tib, biz birlan peshin yoki asr namozini o'qidilar»,— deb aytgan erdi Abu Hurayra, lekin mening yodimdan ko'tarilibdir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikki rak'at namoz o'qib salom berdilar. So'ng, o'rinlaridan turib, masjid chekkasidagi yog'ochga borib suyandilar, bir narsadan g'azablangandek o'ng qo'llarining barmoqlarini chap qo'llarining barmoqlari orasiga kirgizib chalishtirdilar-da, chap kaftlarining orqasiga o'ng yuzlarini qo'ydilar. Shoshilibroq turgan kishilar masjid eshigidan chiqishdi. Ularning orasida Abu Bakr va Umar ham bor erdilar. Ular Rasulullohga bir narsa degani cho'chishdilar. Shunda Zulyadayn degan qo'li uzun bir kishi: «Yo Rasululloh, yodingizdan chiqardingizmi yokim namoz qisqardimi?» — dedi. Rasululloh: «Unutganim ham yo'q, qisqarmadi ham»,— dedilar-da, «Zulyadayn aytgandek bo'ldimi?»—deb qo'shib qo'ydilar "Ha, shunday bo'ldi»,— deyishdi. So'ng, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam oldinga o'tib, qolgan rak'atlarni o'qidilar, keyin Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy salom berdilar va takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajdai sahv qildilar. Keyyn, boshlarini ko'tarib takbir aytib, sajda qildilar, yana takbir aytib, odatdagidek yoki undan uzoqroq sajda qildilar». Ehtimol, Ibn Sirindan: «Salom berdilarmi?» — deb so'rashgandir. U: «Imron ibn Husayn menga: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam keyin salom berganlar» deb aytgan»,— deydi. Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling