Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozning fazilati uning o'z vaqtida ekanlig'idadir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

4-bob. Namozning fazilati uning o'z vaqtida ekanlig'idadir
Abu Umar va Shayboniy raziyallohu anhumo rivoyat qiladirlar: «Abdulloh raziyallohu 
anhu Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan: «Bandalarning qaysi amali Olloh taologa xush 
kelg'aydir?»—deb so'radi. Janob Rasululloh: «O'z vaqtida o'qilg'an namoz»,— dedilar. 
Abdulloh: «Undan keyin-chi?» — dedi. Janob Rasululloh: «Ota-onaga itoatli 
bo'lmoqlig'»,— dedilar. «Yana qaysi?» — dedi Abdulloh. «Olloh yo'lida jihod 
qilmoqlig'»,— dedilar Janob Rasululloh. «Bularni menga Janob Rasulukloh aytganlar
agar unga zarracha qo'shib-chatigan bo'lsam, xudo ursin!» — degandi Abdulloh».
5-bob. Besh vaqt namoz gunohlarga kafforatdir
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
odamlarga: «Birortangiz uyingizning oldidan oqib o'tadirg'an daryoda (yokim soyda) har 
kuni besh mahal yuvinsangiz, badanimda kir qolmish, deb ayturmisiz?» — dedilar. 
Odamlar: «Sira ham kir qolmag'aydir»,— deyishdi. Janob Rasululloh: «Besh vaqt namoz 
ham shunga o'xshash bo'lib, Olloh taolo ular tufayli gunohlarni kechirg'aydir»,— deb 
aytdilar».
6-bob. Namoz vaqtini boy bermoq haqida
Raylon raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Anas raziyallohu anhu: «Nabiy sallallohu 
alayhi va sallam davrlaridagidan ko'ra yaxshiroq narsani bilmasman, ul namoz deb 
atalg'aydir»,— dedilar. Keyin: «Namozni boy bermoq birlan undan tegadirgan savobni 
ham boy berib qo'ymadingizmi!?» — deb qo'shib qo'ydilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Damashqda Anas ibn Molikning huzurlariga 
kirsam, yig'lab o'tirgan erkanlar. «Nechun yig'laydirsiz?»—dedim. Ul kishi: «O'zim bilgan 
narsalar ichinda namozdan ko'ra yaxshiroq narsani bilmasman, bul namoz ersa, boy 
berilmishdir»,— deb aytdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling