Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Kanisada (cherkovda) namoz o'qimoqning hukmi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

54-bob. Kanisada (cherkovda) namoz o'qimoqning hukmi
Umar raziyallohu anhu: «Biz kanisalaringizga ulardagi suratlar sababli kirmag'aymiz»,— 
deganlar. Ibn Abbos surati yo'q kanisada namoz o'qir erdi, surati bo'lsa, o'qimas erdi.
Oisha onamiz naql qiladilar: «Ummu Salama Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga 
Habashistonda ko'rgan Mariya kanisasi, uning ichidagi suratlar to'g'risida so'zlab berdi. 
Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ular shunday qavmdurkim, agar 
oralarida biror solih banda yokim solih kishi o'lg'aydir, uning qabri ustiga masjid qurib, 
unga o'sha suratlarni solg'aydirlar. Ular Olloh taolo dargohidagi eng yomon xalqdir»,— 
dedilar».
55-bob.
Oisha onamiz va Abdulloh ibn Abbos quyidagicha naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam Olloh taolo dargohiga rihlat etmak muddati yaqinlashgach, muborak 
yuzlarini guldor bir mato birlan yopdilar, isib ketganlaridan keyin ochib tashladilar. Shu 
holatda bo'la turib: «Yahudiy va nasorolarg'a Ollohning la'nati bo'lsin! Ular 
payg'ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar»,— dedilar» (Bu bilan Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam o'z ummatlarini yahudiy va nasorolar qilmishidan hazar 
qilmoqqa da'vat etdilar, deydi muhaddis).


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh taolo yahudiylarni o'ldirsin! Ular 
payg'ambarlarining qabrlarini masjid qilib olmishlar, deb aytganlar»,— deydilar Abu 
Hurayra raziyallohu anhu.
56-bob. Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Yer menga sajdagoh ham 
tahorat vositasi qilib berildi»,— deganlari xususida
Jobir ibn Abdullohning naql qilishlaricha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday 
degan ekanlar: «Olloh taolo tomonidan menga ilgarigi payg'ambarlarning birortasiga 
ham ato etilmagan beshta imtiyoz berilmishdir: 1) Bir oylik yo'lda to'rganimdayoq 
dushmanlarim yuragiga qo'rquv solinib, g'olib qilinmishmen 2) Butun yer yuzi menga 
sajdagoh qilib berilmishdir. Qaysi bir ummatimga namoz vaqti qaerda to'g'ri kelsa, o'sha 
yerda namoz o'qiyversin! 3) Jangda olingan o'lja menga halol qilinmishdir 4) Har bir 
payg'ambar o'z qavmigagina payg'ambar qilib yuborilur erdi. Men ersam, hamma 
odamlarga payg'ambar qilib yuborilmishmen 5) Menga shafoat qilmoq imkoniyati ham 
berilmishdur».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling