12-bob. Jum'ada qatnashmaydirgan ayollar, bolalar va boshqalarga jum'a kuni
gusl lozimmi yoki yo'qmi?
Ibn Umar: «Jum'a kuni g'usl qilmoqlik jum'a o'qishi farz bo'lgan kishilargagina
lozimdir,— deydilar.
Solim ibn Abdullohning otalari - Abdulloh ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Kimki jum'aga kelsa, g'usl qilib kelsin!» deb aytganlar» ,— deydilar.
Abu Sa'id al-Xudriy raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a
kuni g'usl qilmoq har bir balog'atga yetgan insonga lozimdir!» deb aytganlar» ,—
deydilar.
Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Biz bu dunyoda
oxirgilarmiz, Qiyomat kuni ersa, izzat-hurmat jihatidan birinchilardirmiz. Avval ularga,
keyin bizga Kitob nozil bo'ldi. Ular o'zaro tortishib jum'a kunini bayram kuni deb belgilay
olmadilar. Bu kunni bayram qilmoqni Olloh bizga muyassar etdi. Yahudiylar ertaga,
nasorolar ersa, indinga bayram qilishg'aydir»,- deb bir oz jim qoldilar, keyin yana: «Har
bir musulmon 7 kunda bir marta boshdan-oyoq yuvinib g'usl qilmog'i lozimdir!» - deb
qo'shib qo'ydilar».
Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Olloh haqqi-hurmati, har bir
musulmon 7 kunning birida g'usl qilmog'i lozimdir!»-deganlar»,-deydilar.
Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ayollarga kechasi masjidlarga borib
namoz o'qimoqqa ruxsat beringiz!» deganlar»,- deydilar.
«Umarning bir xotini bor erdi. Bomdod va xufton namozlarini masjidda jamrat birlan
o'qir erdi. Unga: «Nega jamoat oldiga chiqg'aysen? Bu Umarga yoqmasligini,
odamlardan seni rashk qilmog'ini bilursen-ku, axir! - deyishdi. Xotin: «Meni bundan
qaytarmog'i uchun ne mone'lik qilg'aydir?»-dedi. «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallamning «Olloh bandalarining Olloh masjidlariga bormoqlariga mone'lik qilmangiz!»
degan so'zoi mone'lik qilg'aydir»,- deyishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |