Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jum'aga gul yog'i surtib bormoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

6-bob. Jum'aga gul yog'i surtib bormoq
Salmon al-Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishikim jum'a 
kuni g'usl qilib, qo'ldan kelgancha poklanib, xushbo'y yog'lar birlan soch-soqollarini 
moylab yokim uyida bor bo'lgan xushbo'y narsalardan o'ziga sepib, so'ng masjidga kelsa 
va ikki kishi orasidan ularga ozor bermay o'tib, Olloh taolo nasib qilgancha namoz o'qisa, 
imom gapirganda jim turib quloq, solsa, o'sha jum'a birlan o'tgan jum'a o'rtasidagi 
gunohlarining hammasi kechirilg'aydir»,-deganlar».
Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a 
kuni nahs bo'lmasangiz ham g'usl qilingiz va boshlaringizni yuvingiz, o'zingizga xushbo'y 
narsalar sepingiz! deganlar»,- deyishadi, shunga siz ne dersiz? dyob Ibn Abbosga 
aytdim. Ibn Abbos: «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g'usl haqida shundoq deb 
aytganlar, ammo xushbo'y narsalar to'g'risida nelar deganlarini bilmasmen» ,— dedi».
«Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum'a kuni g'usl qilmoq to'g'risida 
aytgan gaplarini so'zlab berdi. Shunda men: Xushbo'y narsalar sepadirmi yokim bor 
bo'lsa, xushbo'y yog'lar surtadirmi? deb Ibn Abbosdan so'radim» ,— deydilar Tovus 
raziyallohu anhu, Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysinisini nazarda 
tutganlarini aniq bilmasmen»,- debdi.
7-bob. Jum'a namoziga eng yaxshi kiyimlarni kiyib bormoq
Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu masjid eshigi 
oldida ipak matodan tikilgan chopon sotishayotganini ko'rib Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamga: «Yo Rasululloh, shu choponni sotib olsangiz, jum'a kuni va mehmonlar 
kelganda kiyar erdingiz»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu choponni 
oxiratdan umidini uzgan odam kiyg'aydir»,- dedilar. Keyinchalik, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallamga o'sha ipak chopondan bir nechasini hadya qilib yuborishdi. Shunda 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponlardan birini Hazrat Umarga berdilar. Hazrat 
Umar: «Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ipak choponni menga kiydirdingiz, 
vaholanki bu to'g'rida boshqa narsa degan erdingiz?!» - dedilar. Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam: «Men senga choponni o'zing kiyg'il, deb berganim yo'q»,-


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
dedilar. Umar ibn al-Xattob choponni Makkadagi mushrik (Ollohga shirk keltirgan) 
ukalariga kiydirib yubordilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling