Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Qachon bolalarga g'usl va tahorat vojib bo'ladir? Qachon ular jamoat
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
159-bob. Qachon bolalarga g'usl va tahorat vojib bo'ladir? Qachon ular jamoat
yig'inlari, hayitlar va janozalarda qatnashadirlar, kattalar safida turib namoz o'qiydirlar? Sha'biy quyidagi hadisni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga tashlandiq bolaning qabriga borib janoza o'qigan kishidan eshitibdir: «Janob Rasululloh janozada imomlik qildilar. Odamlar Janob Rasulullohga iqtido qilishdi (yosh bolalar ham qatnashishdi). Sulaymon mendan: «Bu hadisni kim aytib bergan erdi?»—deb so'radi. Men: «Ibn Abbos»,— dedim». Abu Sa'id al-Xudriy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a ko'ni g'usl qilmoqlik har bir balog'atga yetgan insonga vojibdir»,— deganlar». Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Xolam Maymunanikida bir kecha tunab qoldim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham uyquga yotdilar. Kechaning bir qismi o'tgach, Janob Rasululloh turib devorga osig'liq meshchani old ilar, so'ng yengil-elpi tahorat olib namoz Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy o'qiy boshladilar. Men ham ul kishi, singari tahorat olib, chap tomonlariga kelib turgan erdim, o'ng tomonlariga o'tkazib qo'ydilar. So'ng, Olloh xohlagancha namoz o'qidilar, keyin yonboshladilar, hatto pishillaganlari ham eshitildi. Bir ozdan keyin muazzin kelib namozga chaqirdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qayta tahorat olmay muazzin birlan birga namozga chiqib ketdilar. Sufyon raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko'zlari uxlaydi-yu, qalblari uxlamaydir»,— deydi. Amr: «Payg'ambarlarning ko'rgan tushlari Ollohning ularga yuborgan vahiyidir»,— deb, «Men tushimda ko'rsam, seni Olloh yo'lida qurbon qilayotgan erkanman» degan oyati karimani o'qidi». Anas ibn Molik naql qiladirlar: «Katta buvim Mulayka taom tayyorlab, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni mehmonga chaqirdilar. Rasululloh taomni yeb bo'lgach: «Turingiz, birga namoz o'qiymiz»,— dedilar. Men turib, eskiligidan qorayib ketgan bo'yramizga suv sepdim, so'ng Rasululloh namozni boshladilar. Men birlan biryetim bola orqalarida safga turdik, buvim bo'lsalar, bizning orqamizda turdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 2 rak'at namoz o'qidilar». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Bir urg'ochi eshak minib Minoga keldim. Balog'atga yetib qolgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Minoda sutrasiz (qibla tomonni to'smay) odamlar birlan namoz o'qiyotgan erkanlar. Ba'zi bir saflarni oralab o'tdimda, eshakdan tushib, uni o'tlagani qo'yib yubordim, keyin safga kelib turdim. Bu qilmishim uchun menga hech kim tanbeh bermadi». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xuftonga kech qoldilar, hatto Hazrat Umar: «Yosh bolalar, xotinlar uxlab qoldilar»,— deb ovoz qildilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam chiqib: «Darhaqiqat, Yeryuzidagi aholining birortasi ham hozir xufton o'qiyotgani yo'q»,— dedilar. Usha kunlarda Madina ahlidan boshqa hech kim namoz o'qimas erdi». Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hayit namozida qatnashganmisiz?»,— dedi. Men: «Ha, qatnashganman, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yaqinligim bo'lmaganda, yoshim qichikligi sababli qatnasha olmagan bo'lar erdim»,— dedim-da, quyidagilarni hikoya qilib berdim: «Janob Rasululloh Kusayr ibn Salt hovlisi yonida menga tug'ni tutqizdilar, so'ng avval erkaklarga, keyin ayollarga va'z aytdilar, oxiratni eslatib, sadaqa qilmoqqa buyurdilar. Ayollar uzuk va sirg'alarini olib Bilolning etagiga tashlay boshladilar. Shundan keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abdulloh va Bilol uylariga ketdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling