Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tashahhuddan keyin o'qishga duo tanlamoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

148-bob. Tashahhuddan keyin o'qishga duo tanlamoq
Abdulloh ibn Mas'ud rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
namoz o'qiganimizda «Assalomu alallohi min ibodihi. Assalomu alo fulonin va fulonin» 
der erdik. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Assalomu alallohi» demangiz, 
chunkim salom — Ollohning ismlaridan, At-Tahiyyotu lillohi vas-salavotu vat-tayyibot, 
assalomu alayka ayyu-han-nabiyyu va rahmatullohi va barakotuh. Assalomu alayno va 
alo ibodillohis-solihiyn» deb aytingiz. Agar siz shunday deb aytsangiz, osmondagi (yokim 
yeru osmon o'rtasidagi) har bir solih bandaga savobi te'kkaydir (Duoning davomi: 
«Ashhadu alia iloha illallohu vashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluhu»), undan 
keyin duolardan o'zingizga yoqqanini tanlab olib o'qiyveringiz»,— dedilar».
149-bob. Peshona va burniga tekkan loyni namozni o'qib bo'lmaguncha 
artmagan kishi
Imom Buxoriy: «Humaydning namoz vaqtida peshonaga tekkan narsani (loy, changni) 
artib bo'lmasligiga quyidagi hadisni dalil qilayotganining shohidi bo'ldim»,— deydilar:
Abu Salama: «Abu Sa'id al-Xudriydan shul tug'rida so'radim»,—deydilar. Abu Sa'id al- 
Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning loy joyda sajda qilayotganlarini, 
hatto peshonalariga tekkan loyni namoz tamom bo'lmaguncha artmaganlarini 
ko'rdim»,— deb javob beribdilar».
150-bob. Namoz o'qib bo'lgach, salom bermoq
Ummu Salama onamiz Hind binti al-Harsga: «Rasululloh.sallallohu alayhi va sallam 
namozda salom berganlaridan keyin ham ayollar ketmay turishardi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam ham darrov ketib qolmas erdilar»,— deb aytgan erkanlar. «Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam, ayollarning erkaklar birlan aralash ketmasliklari, erkaklar 
ketib bo'lgach, bemalol o'zlari ketmoqlari uchun shunday qilgan bo'lsalar kerak»,— 
deydilar Abu Shihob.
151-bob. Iqtido qilg'uvchi imom salom berganda salom beradir
Ibn Umar raziyallohu anhu imom salom bergandan so'ng orqadagilar ham salom 
bermog'ini ma'qullar erdilar.
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o'qidik, salom berganlarida 
salom berdik»,— deydilar Atbon raziyallohu anhu.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling