Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Imom (namozdan so'ng) salom bergach, odamlarga qarab o'girilib


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

154-bob. Imom (namozdan so'ng) salom bergach, odamlarga qarab o'girilib 
o'tiradir
Sumra Ibn Jundub naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qib 
bo'lsalar, bizga qarab o'girilib o'ltirar erdilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Zayd ibn Xolid al-Juhaniy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Hudaybiya degan joyda kechqurun yoqqan yomg'ir nami ustida biz birlan bomdod 
namozini o'qidilar. Namozdan so'ng Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
odamlarga o'girilib: «Rabbingiz ne deydir, bilurmisiz?» — dedilar. Odamlar: «Olloh va 
uning Rasuli biladir»,— deyishdi, «Olloh: «Bandalarimdan ba'zilari menga ishonib 
mo"min bo'ldilar, ba'zilari ersa, menga ishonmay, kofir bo'ldilar. Ammo, kimki bizning 
yomg'irimizni Ollohning fazlu rahmatidan sodir bo'ldi, desa, ul myonga iymon keltirib, 
sayyoralarni inkor qilgan bo'lg'aydir. Ammo, kimki falon sayyoraning undoq bo'lmog'i va 
piston sayyoraning mundoq bo'lmog'idan yomg'ir yog'di, desa, ul kofir bo'lib, 
sayyoralarga sig'ingan bo'lur»,— deydi»,— dedilar Janob Rasululloh».
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni 
xufton namozini o'qishni yarim kechagacha kechiktirdilar. Namozdan so'ng bizlarga 
o'girilib: «Odamlar allaqachon namozlarini o'qib bo'lib yotdilar, ammo sizlar ersangiz 
hanuz joynamoz ustidasizlar»,— dedilar».
155-bob. Imomning, salom bergandan keyin ham joynamoz ustida qolmog'i
Nofi' raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Ibn Umar, farz o'qib bo'lgandan keyin ham
joynamozdan jilmasdan nafl o'qiyverar erdilar. Hazrat Abu Bakrning nevarasi Qosim ham 
shunday qilur erdi».
Abu Hurayra: «Imom farz o'qigan joyda nafl o'qimaydir, degan hadisni Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamga noto'g'ri nisbat berishadi»,— deydilar.
Ummu Salama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz tugab, 
salom berganlaridan so'ng, xotinlar masjiddan chiqib ketar erdilar. Ular Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam masjiddan chiqqunlarigacha uylariga yetib olar erdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling