Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
Ibn Umar raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Agar xotinlaringiz kechasi namoz o'qimoq uchun masjidga chiqmoqqa ijozat so'rasalar,
ijozat beringiz»,— deganlar».
Hind binti al-Harsga Ummu Salama quyidagi hadisni aytib bergan erkanlar: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam davrlarida ayollar farz namozini o'qib bo'lib, salom
berishgach, o'rinlaridan turib uylariga ketishar erdi. Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam bilan erkaklar ersa,
ayollar ketib olsin, deb birmuncha vaqt kutib turishar erdi».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bomdod namozini
o'qir erdilar, namozdan so'ng xotinlar chimmatlariga o'ralib g'ira-shirada
uylariga
qaytishar erdi, qorong'ida ularni hech kim tanimas erdi».
Abdulloh ibn Abu Qatodaning otalari rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Men, cho'zibroq namoz o'qiyman, deganimda go'daklarning yig'isini eshitib,
onasiga og'ir tushmasin,
degayman-da, namozni yengillatgayman»,— deganlar».
Oisha onamiz: «Agar Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hayot bo'lib, ayollarda paydo
bo'lgan ushbu zebu ziynatlarni ko'rganlarida erdi, Baniy Isroil
kabi ularning masjidlarga
bormaklarini albatta man'qilgan bo'lur zrdilar»,— degan erkanlar.
Yahyo shu haqda gapira turib, «Baniy Isroil xotin-qizlarining masjidlarga borishi man'
qilingan erdimi?»—deb so'rabdi Umradan. Shunda Umra: «На»,— degan erkan.
Do'stlaringiz bilan baham: