Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. «Imomning salomiga alik qaytarmasa ham bo'ladir, namozda
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 153-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq
152-bob. «Imomning salomiga alik qaytarmasa ham bo'ladir, namozda
berilgan salom kifoya qiladir»,— degan kishi Mahmud ibn Rabi' rivoyat qiladirlar: «Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni yaxshi eslarmen, ul kishi uyimizga kelganlarida men yosh bola erdim, paqirdan bir xo'plam suv olib, hazillashib yuzimga purkab yuborganlarini ham yaxshi eslarmen, Menga Mahmud Atbon ibn Molik quyidagi hadisni aytib bergan zrdilar: «Men o'z qavmim bo'lmish Baniy Solimga imomlik qilur erdim. Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam huzurlariga kelib: «Mening ko'zim xira bo'lib qoldi, yog'ingarchilik bo'lsa, masjidga borolmayotirman. Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Biznikiga borib, namoz o'qib bersangiz, men siz namoz o'qigan joyni o'zimga namozgoh qilib olg'ay erdim»,— dedim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Inshoolloh, shundoq qilurmen»,— dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan Abu Bakr Siddiq kun qizigan vaqtda menikiga keldilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kirishga ruxsat so'radilar, men uyga taklif qilib, o'tirishga joy ko'rsatdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'tirmasdan: «Qaerda namoz o'qib bermog'imni istag'aysen?»—dedilar. Men o'zimga yoqqan joyni ko'rsatdim, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qishga kirishdilar, biz ul kishiga iqtido qildik. Janrb Rasululloh sallallohu alayhi va sallam salom berganlarida, biz ham salom berdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozda qanday salom bersalar, shunday salom berdik, alik olmadik». 153-bob. Namozdan keyin zikr aytmoq Ibn Abbosning ozod qilingan quli Abu Ma'bad: «Menga Ibn Abbos bunday degan erdilar»,— deydi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida odamlar farz namozidan so'ng baland ovoz birlan zikr aytishur erdi, men buni yaxshi eslab qolganman». Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namozni tugatganlarini takbir aytganlaridan bilur erdim»,— deydilar (Namozdan so'ng «Subhonalloh, Alhamdu lilloh, Ollohu akbar» deb zikr aytmoq). Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Faqirlar Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qoshlariga kelib: «Jannatning eng yaxshi joylari ham, dunyoning eng yaxshi ne'matlari ham boylarga tekkaydir. Biz qanday namoz o'qisak va ro'za tutsak, ular ham shunday namoz o'qib, ro'za tutishg'aydir. Buning ustiga ular mol-dunyoga ham egadirlar. Mol- dunyolari bo'lgach, haj qilishg'aydir va sadaqalar berishg'aydir»,— deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ularga javoban: «Sizga boylar erishgan martabadan ham yuksakroq martabaga sazovor etadirgan bir narsani o'rgatayinmi? Agar (mening aytganlarimni qilsangiz), sizdan yaxshiroq odam bo'lmag'aydir, siz erishgan martabaga hech kim erisha olmag'aydir. Quloq solingiz, har bir farz namozidan so'ng «Subhonalloh», «Alhamdu lilloh» va «Ollohu akbar» deb 33 martadan aytg'aysiz»,— dedilar. Shu onda biz «Subhonalloh — 33 marta, Alhamdu lilloh — 33 marta, Ollohu akbar — 34 marta» deb o'zaro tortishib qoldik. Keyin, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga kirdik. Janob Rasululloh: «Subhonalloh, Alhamdu lilloh va Ollohu akbarning har birini 33 martadan aytg'aysen, deb aytdilar»,— deydilar Abu Hurayra». Mug'ira Ibn Sho''baning kotibi — Varrod raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Mug'ira Muoviyaga atab bunday deb xat yozdirdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam har bir farz namozidan so'ng «Lo iloha illallohu vahdahu, lo shariyka lahu, lahu-l-mulku va lahu-l-hamdu va huva alo kulli shay'in qadiyr. Ollohumma lo moni'a limo a'tayta va lo mu'tiya limo mana'ta va lo yanfa'u zo-l-jaddi minka-l-jaddu» deb aytar erdilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling