Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tashahhudda o'tirishning sunnati (qonun-qoidasi)


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

143-bob. Tashahhudda o'tirishning sunnati (qonun-qoidasi)
Ummu Dardo' namozda erkak kishi singari o'tirar erdi. U fiqh olimasi erdi.
Abdulloh ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Abdulloh ibn Umarning chordana qurib 
tashahhudda o'tirganlarini ko'rdim. Yoshlik qilib men ham shunday qildim. Shunda 
Abdulloh ibn Umar menga: «Bunday qilmag'il, namozning sunnatiga ko'ra, o'ng 
oyog'ingni tiklab, chap oyog'ingni bukib o'tirmog'ing lozim»,— dedilar. Men: «Siz 
chordana qurib o'tiribsiz-ku!» — dedim. «Mening oyoqlarim yaramaydir»,— dedilar».
Muhammad ibn Amr ibn Ato rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning bir jamoa sahobalari birlan birga o'tirgan erdim. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallamning nechuk namoz o'qiganlarini esladik. Shunda Abu Humayd As-So'idiy:
«Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o'qiganlarini 
hammangizdan ko'ra ko'proq bilurmen. Janob Rasululloh takbiri tahrima aytganlarida 
qo'llarini yelka barobarida ko'tardilar, ruku'ga borganlarida tizzalarini ushladilar, keyin 
qomatlarini rostladilar. Ruku'dan bosh ko'targanlarida umurtqalarining har bir bo'g'ini 
joy-joyiga kelguncha qadlarini rostladilar. Keyin, bilaklarini yerga tekkizmay va 
biqinlariga siqib olmay hamda oyoq panjalarining uchlarini qiblaga qaratib sajda qildilar. 
Ikkinchi rak'atda o'ng oyoqlarini tiklab, chap oyoqlarining ustiga o'tirdilar. Oxirgi 
rak'atda ersa chap oyoqlarini oldinroqqa uzatib, o'ng oyoqlarini tiklab, dumbalarini yerga 
qo'yib o'tirdilar».
144-bob. Dastlabki tashahhudga o'tirish farz ermas
Chunkim Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ikkinchi rak'atdan keyin o'tirmasdan turib 
ketganlarida (sahobalar tasbih aytib eslatishganda) qaytib o'tirmadilar.
Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Menga Abdurrahmon ibn Hurmuz Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning ular birlan peshin namozini o'qiganlarini aytdi. Janob 
Rasululloh ikkinchi rak'atdan keyin o'tirmasdan turib ketibdilar, odamlar ham u kishi 
birlan birga o'rinlaridan turishibdi. Namoz tugagach, odamlar payg'ambarimizning salom 
bermoqlarini kutishibdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ersa o'tirgan


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
hollarida salom bermasdan takbir aytib, ikki marta sajda (sajdai sahv) qilibdilar, so'ng 
salom beribdilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling