Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yer loy bo'lgan vaqtda burun birlan sajda qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

133-bob. Yer loy bo'lgan vaqtda burun birlan sajda qilmoq
Abu Salama rivoyat qiladirlar: «Abu Sa'id al-Xudriyning huzuriga kirdim-da: «Biz birlan 
suhbatlashgani xurmo bog'iga chiqmasmisiz?» — dedim. «Хо'р»,— deb chiqdilar. «Bizga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Laylatulqadr to'g'risida Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan eshitganingizni aytib 
beringiz»,— dedim. Abu Sa'id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning 
dastlabki 10 kunida masjiddan chiqmasdan ibodat qilmoqqa niyat qildilar, biz ham niyat 
qildik. Rasululloh sallallohu alayhi yu sallam qoshlariga Jabroil Alayhissalom kelib: «Siz 
so'rayotgan narsaga hali vaqt ertadir»,— debdilar. Janob Rasululloh ikkinchi 10 kunlikda 
ham e'tikof qildilar. Biz ham u kishi birlan birga e'tikof qildik. Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam qoshlariga Jabroil alayhissalom kelib: «Siz so'rayotgan narsaga hali vaqt 
bordir»,— debdilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ramazonning 20-kunida 
bomdodda xutbaga chiqib: «Kimki Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga 
e'tikof qilgan ersa, yana e'tikof qilsin, chunkim menga Laylatulqadr kechasining muddati 
aytilgan erdi, men uni unutdim. Ul oxirgi 10 kunlikning toq kechalaridan birida bo'lmog'i 
lozim. Men tushimda ko'rsam, go'yokim loyga sajda qilayotgan erkanman»,— dedilar. 
Masjidning tomiga xurmo shoxlari yopilgan erdi, osmonda bitta ham bulutni ko'rmas 
erdik. Birdan osmonda bir kichik bulut paydo bo'lib, ustimizga yomg'ir yog'di. Shunda 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qidilar, biz u kishiga iqtido qildik. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning peshonalari va burunlarining uchiga loy va suv 
tekkanini ko'rdik. Bu birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ko'rgan tushlari 
isbot bo'ldi».
134-bob. Kiyimni bog'lab va orqaga qaytarib olmoq
Namozxon avrati ochilib qolmog'idan qo'rqsa, namozdan avval bog'lab olg'aydir.
Sahl ibn Sahl: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan namoz o'qiyotgan odamlar 
izorlari kichikligidan yelkalariga bog'lab olar erdilar, ayollarga erkarlar to'liq o'tirib 
olmaguncha, sajdadan boshlarini ko'tarmaslik buyurilgan erdi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling