Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Namozxonning ruku'dan bosh ko'targanda bir zum nafas rostlab
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 126-bob. Takbir aytib sajda qilingaydir
125-bob. Namozxonning ruku'dan bosh ko'targanda bir zum nafas rostlab
olmog'i Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku'dan bosh ko'targach, umurtqalarining har bir bo'g'inini joy-joyiga tushirib, bir zum nafaslarini rostlab old ilar»,— deydilar. Sobit raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Anas raziyallohu anhu bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning qanday namoz o'qishlarini ta'riflab, ham ko'rsatib (o'qib) berdilar. Shunda, ruku'dan bosh ko'targanda, bir zum tik turib qolar erdilar, hatto biz sajda qilmoq eslaridan chiqib qoldimikin?» — der erdik». Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning ruku', sajda va qiyomlariga hamda ikkala sajda orasida o'tirmoqlariga deyarli bir xil vaqt sarflanar erdi». Abu Qiloba rivoyat qiladirlar: «Molik ibn Huvayris bizga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning nechuk namoz o'qishlarini ko'rsatib berar erdilar. Bu — namozdan tashqari vaqtda bo'lur erdi. Qadlarini rostladilar-da, bir zum tin old ilar, keyin ruku' qildilar, yana bir oz tin old ilar, so'ng boshlarini ko'tarib bir 6z jim turdilar. Molik ibn Huvayris bizga mana shu shayximiz Abu Buraydning namoziga o'xshash namoz o'qib berdi. Abu Burayd oxirgi sajdadan bosh ko'tarsa, bir oz o'tirib olib, keyin turar erdi». 126-bob. Takbir aytib sajda qiling'aydir Nofi': «Ibn Umar (sajdaga borganda) tizzasini (erga) qo'yishdan avval qo'lini qo'yar Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy erdi»,— deydilar (bu Molikiylar mazhabida, ammo qolgan uch mazhabda avval tizza, keyin qo'l qo'yilg'aydir). Zuhriy raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Abu Hurayra raziyallohu anhu barcha namozda, buyurilgan va buyurilmagan namozlarda ham takbir aytur erdilar. Farzda ham, sunnatda ham, Ramazonda ham, qiyomda ham, ruku'da ham takbir aytar erdilar. Keyin, «Sami'allohu liman hamidahu» deb boshlarini ko'tarar erdilar, so'ng sajdaga ketishdan avval, «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin, «Ollohu akbar» deb sajdaga ketar erdilar, so'ng sajdadan bosh ko'tarayotganda takbir aytar erdilar. Keyin, ikkinchi sajdaga borayotganda takbir aytar erdilar, so'ng ikkinchi sajdadan bosh ko'tarayotganda takbir aytar erdilar hamda tashahhuddan turayotganda takbir aytar erdilar. Yuqorida ko'rsatilganlarni har bir rak'atda, to namoz tugaguncha qilar erdilar. Namozdan qaytayotib: «Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamyod qilib ayturmenkim, hammangizning namoz o'qishingizdan ko'ra, mening namoz o'qishim ko'proq Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o'qishlariga o'xshaydir. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam to dunyodan oxiratga o'tib ketgunlaricha ana shunday namoz o'qiganlar»,— dedilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu Abu Bakrva Abu Salamaga bunday debdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ruku'dan bosh ko'tarayotib, «Sami'allohu liman hamidahu»,— qiyomda ersa «Rabbano va lakal-hamd» der erdilar. Keyin: «Ilohi, Valid ibn Validga najot berg'il, Salama ibn Hishomga ham najot berg'il, Iyosh ibn Abu Rabi'aga ham najot berg'il, shuningdek zaif, ezilgan mo''minlarga najot berg'il. Ilohi, Muzar kofirlariga qattiq azob berg'il va ularga Yusuf alayhissalom davridagi qahatchilikdek qahatchilik yuborg'il!» — der erdilar. O'sha kunlarda Muzar qabilasidan bo'lmish Mashriq ahli Rasulullohga dushman kishilar erdi». Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ot ustidan yiqilib tushdilar (Abu Sufyon: «Otdan yiqildilar»,—deb erdi shekilli). Shunda o'ng tomonlari shilinib ketdi. Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rgani kirdik. Namoz vaqti bo'ldi. Bizga o'tirgan holda imomlik qildilar, biz ham o'tirib o'qidik (Sufyon: «Bir marta o'tirgan holimizda uqidik»,— degandi). Namozdan keyin Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom iqtido qilmoqlari uchun imom qilingan. Agar ul takbir aytg'aydir, takbir aytingiz, agar ruku'qilg'aydir, ruku'qilingiz, ruku'dan bosh ko'targ'aydir, bosh ko'taringiz, «Sami'allohu liman hami-dahu» desa, «Rabbano va lakal-hamd» deb aytingiz. Sajda qilg'aydir, sajda qilingiz!» — dedilar. Ali ibn Abdulloh: «Ma'mar ham shu hadisni rivoyat qilganmidi? — deb so'radilar. «На»,— dedim. Sufyon: «Ma'mar, Zuhriy qanday aytib bergan bo'lsa, shundayicha eslab qolibdir»,— dedilar. Ma'mar: «Ilohi, o'zingga shukur! Zuhriyning «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'ng yonlari birlan otdan yiqildilar» deganini yaxshi eslab qolganman. Zuhriyning huzuridan chiqqanimizda Ibn Jurayh: «O'shanda men ham Janob Rasulullohning huzurlarida edim. O'ng oyoqlari (boldirlari) shikastlangan erdi»,— dedi». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling