Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon sajdada bilagining ich tarafini ko'rsatib, qornini sonidan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

128-bob. Namozxon sajdada bilagining ich tarafini ko'rsatib, qornini sonidan 
uzoqlashtirib turadir
Abdulloh ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qisalar, (sajdada) 
tirsaklarini biqinlaridan uzoqroq tutar erdilar, hattoki qo'ltiqlarining oppoqligi ham 
ko'rinib turar erdi»,— deydilar.
129-bob. Namozxon oyoq panjalari uchini qiblaga qaratg'aydir
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam shunday deb aytganlar»,— 
deydilar.
130-bob. Namozxon sajdani to'liq qilmasa...
Huzayfa bir kishining chala ruku'va sajda qilayotganini ko'rib, namozni tugatgach: 
«Namoz o'qimading!—dedi. Abu Voil: «Nazarimda, «Agar o'lsang, Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam maslagidan boshqa yo'lda o'lgan bo'lursen, deb ham aytgandi»,— 
deydilar.
131-bob. Tananing yettita a'zosi bilan sajda qilmoq
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tananing yettita 
a'zosi birlan sajda qilmoqni buyurib, sochni orqaga taramoqni hamda kiyimni (etag'i, 
yengi, pochasi va boshqani) buklamoqni man' qildilar. O'sha yettita a'zo: peshona, 2 
qo'l, 2 tizza va 2 oyoqdir».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sochni orqaga 
taramay va kiyimni orqaga qaytarmay, yetti a'zo birlan sajda qilmoqqa buyurildik»,— 
deydilar».
Barro ibn Ozib (u yolg'on so'zlamaydir) rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga iqtido qilib namoz o'qir erdik. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
«Sami'allohu liman hamidahu» deganlarida to sajdaga boshlarini qo'ymagunlaricha 
birontamiz belni egmas erdik».
132-bob. Burni bilan sajda qilmoq
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «7 a'zo birlan
— peshona (qo'llari birlan burunlarini ko'rsatdilar), 2 qo'l, 2 tizza va 2 oyoq uchi birlan 
sajda qilmoqqa hamda sochni orqaga taramaslikka va kiyimni orqaga qaytarmaslikki 
buyurildim»,— dedilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling