Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozxon sajdada bilaklarini yerga tekkizmaydir


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

139-bob. Namozxon sajdada bilaklarini yerga tekkizmaydir
Abu Humayd: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilaklarini yerga tekkizmay va 
biqinlariga siqib olmay sajda qilar erdilar»,— deydilar.
Anas ibn Molik: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bizga: «Urta miyona sajda 
qilingiz, bilaklaringizni haddan ziyod cho'zib, it yotish qilmangiz! deb aytganlar»,— 
deydilar.
140-bob. Namozxonning, toq rak'at qilganda, avval bir oz o'tirib olib, keyin 
turmog'i
Molik ibn Huvayris Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning namoz o'qiyotganlarini 
ko'rdi. Rasululloh sallalloxu alayhi va sallam toq rak'at qilganlarida ham avval bir oz 
nafasni rostlab olib keyin turdilar.
141-bob. Namozxon rak'atdan turayotganda yerga qanday turaladi?
Abu Qiloba raziyallohu anhu Ayyub raziyallohu anhuga bunday debdilar: «Molik ibn 
Huvayris mana shu masjidimizga kelib biz birlan namoz o'qidilar. Ul kishi bizga: «O'zim 
namoz o'qimoqchi bo'lmasam-da, sizlarga Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning 
nechuk namoz o'qiganlarini ko'rsatib berayin»,— dedilar. «Janob Rasululloh qanday 
namoz o'qir erkanlar? deb so'radim»,— deydilar Ayyub. «Mana shu shayximiz singari 
o'qir erkanlar»,— debdilar Abu Qiloba.
«Usha shayx (ruku'dan ruku'ga o'tishda) to'liq takbir aytar erdi. Ikkinchi sajdadan bosh 
ko'targach, bir oz o'tirib, keyin yerga tiranib turar erdi»,— deydilar Ayyub.


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
142-bob. Namozxon 2-nchi rak'atdan turayotib takbir aytadir
Ibn Zubayr (rak'atdan) turayotib takbir aytar erdi.
Sa'id ibn Hars rivoyat qiladirlar: «Abu Sa'id bizga namoz o'qib berdi, takbirni ovoz 
chiqarib aytdi. Sajdaga borayotganda ham va undan bosh ko'tarayotganda ham, ikkala 
rak'atdan turayotganda ham takbir aytdi. Keyin: «Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamning shunday namoz o'qiyotganlarini ko'rganman»,— dedi».
Mutarraf ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Imron birlan men Hazrat Aliga iqtido qilib namoz 
o'qidik. Hazrat AN sajda qilsalar ham, sajdadan bosh ko'tarsalar ham, ikkala rak'atdan 
turayotganlarida ham takbir aytar erdilar. Salom bergandan so'ng Imron mening 
qo'limni ushlab turib: «Mana bu kishi biz birlan Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
singari namoz o'qidi» yoki «Mana bu odamning namoz o'qishi menga Janob Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning namoz o'qishlarini eslatdi»,— dedi».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling