Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

156-bob. Imom (namoz tugab, salom bergach) biror zarur narsani eslab 
namozxonlarni tark etishi mumkinmi?
Uqba raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Madinada Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam bizga namozda imomlik qildilar. Namoz tugab, salom berganlaridan so'ng, 
odamlarni oralab o'tib, xotinlaridan birining hujrasiga kirib ketdilar. Janob Rasulullohning 
shoshib turib ketganlari odamlarni xavotirga soldi. Bir ozdan keyin ul zot hujradan chiqib 
keldilar va shoshib turib ketganlarining boisini aytdilar: «Bizda bir oz tilla bor erdi, shu 
yodimga tushib qoldi. Fikrimni chalg'itmasin, deb odamlarga ulashib bermoqni 
buyurdim».
157-bob. Chap yokim o'ng tomoni birlai namozxonlarga o'girilib qaramoq
Anas raziyallohu anhu o'ng tomonlari birlan ham, chap tomonlari birlan ham 
nomozxonlarga o'girilib qarayverar erdilar. Faqat bir tomoni birlan o'girilib 
qaraydiganlarni qoralar erdilar.
Asvad raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Abdulloh ibn Mas'ud: «Hech qaysingiz 
o'zingizcha, faqat o'ng tomon birlan o'girilmoq lozim, deb aytib, shaytonga


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
namozingizdan nasiba ulashmangiz! Men Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning chap 
tomonlari birlan ham o'girilganlarini ko'p ko'rganman»,— deydilar».
158-bob. Xom sarimsoq, xonaki va yovvoyi piyoz yeyish to'g'risida Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning «Kimki ochilikdanmi yokim boshqa sababdanmi, 
sarimsoq va xom piyoz yegan ersa, bizning masjidimizga kelmasin!» — 
deganlari to'g'risida
Ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xaybar urushi 
ketayotgan kunlardan birida: «Kimki mana bu ko'katdan, ya'ni sarimsoqdan yegan ersa, 
bizning namozgohimizga yaqinlashmasin!» — deb aytganlar».
Jobir ibn Abdulloh naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki mana 
bu ko'katdan yegan ersa (sarimsoqni ko'rsatdilar), bizning masjidlarimizga kelmasin!»— 
deb aytganlar. Ato raziyallohu anhu: «Janob Rasululloh xom sarimsoqni aytdilarmi 
yokim pishganinimi?»— deb mendan so'radilar. «Nazarimda, faqatgina xomini 
aytdilar»,— deb javob berdim».
Ato raziyallohu anhu Jobir ibn Abdullohdap eshitganlarini Ibn Shihobga bunday deb 
rivoyat qilgan erkanlar: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki sarimsoq 
yokim piyoz yegaydir, bizdan ham, masjidimizdan ham nariroq yursin, uyida o'tirsin!» — 
deydilar. Bir payt Janob Rasulullohga ko'katlardan tayyorlangan taom keltirildi. Unda 
qanaqadir hid borligini sezib, nimala.rdan tayyorlanganligini so'radilar. Uning ichidagi 
bor ko'katlarni birma-bir aytib berishdi. So'ng, Janob Rasululloh sahobalarni ovqatga 
taklif qildilar, lekin ular ul kishining o'zlari yemaganlari uchun tortinishdi. Shunda 
Rasululloh: «Sizlar yeyaveringiz, menga bo'lmaydir, chunkim men farishtalar birlan 
so'zlashurmen, ular bu hidni yomon ko'rishg'aydir»,— dedilar».
Abdulaziz rivoyat qiladirlar: «Bir kishi: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam sarimsoq 
to'g'risida ne deganlar?»—deb Anasdan so'radi. Anas: «Janob Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Kimki mana bu ko'katni (sarimsoqni) yegaydir, bizga yaqinlashmasin 
va biz birlan birga namoz o'qimasin!» deb aytganlar»,— dedi.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling