Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Jum'aga gul yog'i surtib bormoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-bob. Juma namoziga eng yaxshi kiyimlarni kiyib bormoq
6-bob. Jum'aga gul yog'i surtib bormoq
Salmon al-Forsiy naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kishikim jum'a kuni g'usl qilib, qo'ldan kelgancha poklanib, xushbo'y yog'lar birlan soch-soqollarini moylab yokim uyida bor bo'lgan xushbo'y narsalardan o'ziga sepib, so'ng masjidga kelsa va ikki kishi orasidan ularga ozor bermay o'tib, Olloh taolo nasib qilgancha namoz o'qisa, imom gapirganda jim turib quloq, solsa, o'sha jum'a birlan o'tgan jum'a o'rtasidagi gunohlarining hammasi kechirilg'aydir»,-deganlar». Tovus raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a kuni nahs bo'lmasangiz ham g'usl qilingiz va boshlaringizni yuvingiz, o'zingizga xushbo'y narsalar sepingiz! deganlar»,- deyishadi, shunga siz ne dersiz? dyob Ibn Abbosga aytdim. Ibn Abbos: «Ha, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam g'usl haqida shundoq deb aytganlar, ammo xushbo'y narsalar to'g'risida nelar deganlarini bilmasmen» ,— dedi». «Ibn Abbos Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum'a kuni g'usl qilmoq to'g'risida aytgan gaplarini so'zlab berdi. Shunda men: Xushbo'y narsalar sepadirmi yokim bor bo'lsa, xushbo'y yog'lar surtadirmi? deb Ibn Abbosdan so'radim» ,— deydilar Tovus raziyallohu anhu, Ibn Abbos: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qaysinisini nazarda tutganlarini aniq bilmasmen»,- debdi. 7-bob. Jum'a namoziga eng yaxshi kiyimlarni kiyib bormoq Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob raziyallohu anhu masjid eshigi oldida ipak matodan tikilgan chopon sotishayotganini ko'rib Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga: «Yo Rasululloh, shu choponni sotib olsangiz, jum'a kuni va mehmonlar kelganda kiyar erdingiz»,- dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu choponni oxiratdan umidini uzgan odam kiyg'aydir»,- dedilar. Keyinchalik, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga o'sha ipak chopondan bir nechasini hadya qilib yuborishdi. Shunda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam choponlardan birini Hazrat Umarga berdilar. Hazrat Umar: «Yo Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, ipak choponni menga kiydirdingiz, vaholanki bu to'g'rida boshqa narsa degan erdingiz?!» - dedilar. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Men senga choponni o'zing kiyg'il, deb berganim yo'q»,- Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy dedilar. Umar ibn al-Xattob choponni Makkadagi mushrik (Ollohga shirk keltirgan) ukalariga kiydirib yubordilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling