Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Jum'a kuny misvok birlan tish tozalamoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 9-bob. Birovning misvoki birlan tish tozalagan kishi
- 10-bob. Juma kuni bomdodda oqiladigan zam sura
- 11-bob. Qishloq va shaharlarda juma oqimoq
8-bob. Jum'a kuny misvok birlan tish tozalamoq
Abu Sa'id al-Xudriy: «Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tishlarini misvok birlan tozalar erdilar»,- deydilar. Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ummatimga qiyin qilib qo'yg'aymen demaganimda, har bir namoz o'qishdan oldin misvok birlan tish tozalamoqni buyurar erdim»,- deganlar». Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Sizlarga misvok birlan tish tozalamoq to'g'risida juda ham ko'p aytdim»,-deganlar». Huzayfa raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam kechasi tashahhudga turganlarida ogizlarini misvok birlan tozalar erdilar». 9-bob. Birovning misvoki birlan tish tozalagan kishi Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Abdurrahmon ibn Abu Bakr qo'lida misvok birlan hujramga kirib keldi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam unga qaradilar. Men Abdurrahmonga: «Shu misvokni menga bering», — dedim. Menga berdilar. Misvokning ishlatilgan qismini sindirib tashladim, so'ng uchini tishlab yumshatdim-da, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga berdim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (betob bo'lib yotgandilar) ko'kragimga suyanib turib, tishlarini tozaladilar» 10-bob. Jum'a kuni bomdodda o'qiladigan zam sura Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum'a kuni bomdod namozining birinchi rak'atida «Alif, lom, mim tanzil» surasini, ikkinchi rak'atida ersa, «Hal ato ala-l-inson» surasini o'qir erdilar». 11-bob. Qishloq va shaharlarda jum'a o'qimoq Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning masjidlarida o'qilgan jum'adan keyingi birinchi jum'a Bahrayn qishloqlaridan biridagi Abd ul-Qays masjidida o'qildi». Ibn Umar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz vasiydirsiz» deganlarini eshitganman»,— dedi. Lays ibn Sa'id ersa: «Menga Yunus bundoq degandi» deb quyidagini qo'shimcha qildilar: «Bir kuni Raziyq ibn Hakim Vodiy ul-Quroda turganida Ibn Shihobga masala so'rab: «Ey Ibn Shihob, qo'l ostimdagilarni jum'a namoziga to'playinmi yokim yo'qmi?» deb xat yozdi, men ham o'sha yerda erdim. Raziyq o'sha vaqtlarda dalada ish boshqaruvchi bo'lib, qo'l ostida sudanlik bir jamoa xizmatchilar va boshqalar ishlashar erdi. Raziyq Ayla degan shaharga amirlik qilib turgan kunlardan birida Ibn Shihob unga javob yo'lladi. Raziyq xatni o'qiyotganida men eshitib turgan erdim, unda Ibn Shihob Raziyqqa qo'l ostidagilarni jum'aga yig'moqni buyurib, bunday degandi: «Rasululloh sallallohu alayhi Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy va sallamning «Har biringiz o'z qo'l ostingizdagilarga vasiy va mas'uldirsizlar. Imom o'z qo'l ostidagilarga vasiy va mas'uldir. Erkaklar o'z oila a'zolariga vasiy va mas'uldirlar, ayollar o'z erining uyidagi bor narsalarga mas'uldir. Xizmatkor o'z xo'jayinining moliga mas'ul bo'lib, ularni ehtiyotlamog'i lozim» deganlarini Abdulloh ibn Umardan eshitganman». Nazarimda, Ibn Shihob: «Bola o'z otasining moliga mas'ul bo'lib, uni ehtiyotlamog'i lozim, har biringiz o'z qo'l ostingizdagilarga vasiy va mas'uldirsizlar» deb ham yozgandi shekilli». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling