Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Jum'a kuni g'usl qilmoqning afzalligi; balog'atga yetmagan bolalarning
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-bob. Jumaga xushboy narsalar sepib bormoq
- 4-bob. Jumaning afzalliklari
2-bob. Jum'a kuni g'usl qilmoqning afzalligi; balog'atga yetmagan bolalarning
yokim ayollarning jum'aga qatnashmoqlari lozimmi? Abdulloh ibn Umar rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qaysi biringiz bo'lmangiz, jum'aga kelsangiz, g'usl qilib kelingiz!»-deganlar». Ibn Umar naql qiladirlar: «Umar ibn al-Xattob jum'a kuni minbarda tikka turib xutba aytayotgan erdilar, nogahon Rasulullohning sahobalaridan bir kishi (masjidga) kirib keldi. Shunda Hazrat Umar baland ovoz birlan: «Hozir qay vaqt bo'ldi? (nechun kech qolding?)» - dedilar. «Men bir ish birlan band erdim, uyimga ham borolganim yo'q, azonni eshitdimu, tahorat olib yugurdim»,- dedi boyagi kishi. «G'usl qilmasdan tahorat qilganini qarangiz! Vaholanki, sen Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning jum'aga g'usl qilib kelmoqni buyurganlarini bilursen»,-dedilarHazrat Umar». Abu Sa'id al-Xudriy: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a kuni g'usl qilmoq har bir balog'atga yetgan inson uchun vojibdur!» - deganlar», -deydilar. 3-bob. Jum'aga xushbo'y narsalar sepib bormoq Abu Sa'id rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a kuni g'usl qilmoq, shuningdek tish tozalamoq va topilsa, xushbo'y narsalar sepmoq har bir balog'atga yetgan odam uchun vojibdir!» - deganlar. «G'usl qilmoq - vojib ekanligiga guvohman, lekin tish tozalamoq va xushbo'y narsalar sepmoq vojibmidir yo yo'qmidir, buni Olloh bilg'aydir. Hadisda ersa, vojib deb aytilgan»,- deydilar Amr raziyallohu anhu». 4-bob. Jum'aning afzalliklari Abu Hurayra: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deganlar»,— deydilar: «Kimki, jum'a kuni nahs bo'lganida g'usl qilganidek g'usl qilib masjidga birinchi bo'lib Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy borg'aydir, g o 'y o k im bir tuya qurbonlik qilgandek savob olg'aydir va kimki ikkinchi bo'lib borg'aydir, go'yokim bir sigir so'yib qurbonlik qilgandek savob olg'aydir va kimki uchinchi bo'lib borg'aydir, bir qo'y so'yib qurbonlik qilgandek savob olg'aydir va kimki to'rtinchi bo'lib borg'aydir, bir tovuq sadaqa qilgandek savob olg'aydir va kimki beshinchi bo'lib borg'aydir, bir tuxum sadaqa qilgandek savob olg'aydir. Imom xutba aytgani chiqsa, maloikalar ham xutba eshitmoq uchun hozir bo'lishgaydir, ammo maloikalar bundan keyin kelgaylar uchun savob daftarlarini yopib qo'yg'aydirlar». 5-bob. Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: «Hazrat Umar raziyallohu anhu jum'a kuni xutba aytib turgan erdilar, masjidga bir kishi kirib keldi. Shunda Umar unga: «Nega namozga kech qoldingiz?»-dedilar. Ul kishi: «Azonni eshitdim-u, tahorat olib kelaverdim»,- dedi. Umar: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning «Har biringiz jum'aga g'usl qilib boring iz!» deganlarini eshitmaganmisiz?» -dedilar». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling