Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Tik turib xutba qilmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

26-bob. Tik turib xutba qilmoq
Anas raziyallohu anhu: «Bir vaqt qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikka 
turib xutba qilayaptilar»,- deb aytdilar.
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hozir siz 
qilayotganingizdek tik turib xutba aytar erdilar, so'ng o'tirar erdilar, keyin yana turar 
erdilar»,- dedilar.
27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab 
tinglashg'aydir
Ibn Umar va Anas ibn Molik imomga tikilib turdilar.
Abu Sa'id al-Xudriy: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o'tirdilar, 
biz esa u kishining atroflarida o'tirib tingladik»,-deydilar.
28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan so'ng «Ammo ba'd» («Andin so'ng 
ersa») degan kishi haqida
Hishom raziyallohu anhu quyidagi hadisni Fotimadan eshitgan erkanlar, unga Asmo aytib 
bergan erkan: «Oisha onamizning huzurlariga kirsam, odamlar namoz o'qishayotgan 
erkan. «Odamlarga ne bo'ldi?» - dedim. Oisha onamiz boshlari birlan osmonga ishora 
qildilar. «Bu (oxirat) alomatimi?» - dedim. «На» degandek bosh qimirlatib qo'ydilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni juda ham uzoq o'qidilar, hatto mening 
ko'zim tinib ketdi. Yonimda meshchada suv bor erdi.
Ozini ochib boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz 
o'qib bo'ldilar hamki, quyosh tutilishi to'xtab, kun yorishib ketdi. Janob Rasululloh Olloh 
taologa hamdu sanolar aytdilar, so'ng «Ammo ba'd» («Andin so'ng ersa») deb 
odamlarga xutba qildilar. (Olloh taologa aytilgan hamdu sano birlan odamlarga 
aytmoqchi bo'lgan xutbalarini bir-biriga qo'shib yubormaslik uchun «Ammo ba'd» 
dedilar). Shu payt bir to'da ansoriy ayollar g'ovur-g'uvur qilib qolishdi. Men ularni 
tinchitib, keyin (eshitmay qolganim uchun); «Rasululloh ne dedilar?» - deb Oisha 
onamizdan so'radim. Oisha onamiz Rasulullohning hamma aytganlarini menga 
quyidagicha gapirib berdilar: «Menga ko'rsatilmagan narsa qolmadi, hatto mana shu 
joyda turib jannatni ham, do'zaxni ham ko'rdim. Menga vahiy qilindi, sizlar qabrda Masih 
Dajjol fitnasi kabi yoki shunga yaqin bir sinovdan o'tgaysizlar. Oldingizga kelib: «Mana 
bu kishini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni) taniysanmi?» - deb so'ragaylar. 
So'ralguvchi mo''min (shu yerda Hishom: «yokim taqvodor»,- deb ikkilangaydir) bo'lsa, 
«Bu kishi Rasululloh, Muhammad sallallohu alayhi va sallamdirlar. Bizga mo''jizalar va 
hidoyat yo'lini olib kelganlar, biz u kishiga ishonib, aytganlarini qabul qilganmiz, u 
kishiga ergashganmiz, hamma aytganlarini tasdiqlaganmiz»,- deydi. Unga: «Rohatlanib 
uxlayver. Biz sening mo''min ekanligingni bilur erdik»,- deyishadi. Ammo, so'ralguvchi 
munofiq (shu yerda Hishom: «yoki shubhalanuvchi»,- deb ikkilangaydir). bo'lsa, «Bu 
kishini taniysanmi?»-deyishganda, «Yo'q, bilmasman, odamlar bu kishi xususlarida 
nelardir deyishar erdi, men ham o'shalardan eshitganlarimni aytar erdim»,- deydi


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
(Hishom: «O'sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin 
yodimdan ko'tarilibdir»,- deydi)».
Amr ibn Tag'lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o'lja mollar 
va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'ljalarni taqsimladilar. 
Ba'zi kishilarga berdilar, ba'zilariga bermadilar. Shunda o'lja tegmagan kishilar norozi 
bo'layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, 
so'ng «Ammo ba'd («Andin so'ng ersa») deb qo'ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men 
ba'zi bir kishiga o'lja bergayman, ba'zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o'lja olmagan 
kishi menga o'lja olgan kishidan ko'ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga 
hirsi borligini sezgan kishimga o'lja bergayman. Olloh qalblariga ko'zi to'qlik va qanoat jo 
qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to'q va qanoatli bo'lmoqqa undagayman, Amr ibn 
Tag'lib o'sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu 
gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi».
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim 
kechada masjidga chiqib namoz o'qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o'qishdi. 
Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga 
chiqib namoz o'qidilar»,-deb o'zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko'p 
odam yig'ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o'qidilar. Tong 
otgach, yana shu haqda o'zaro so'zlashdilar.
Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko'payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam masjidga chiqib namoz o'qydilar, odamlar ham o'qishdi. To'rtinchi kecha 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod 
namoziga chiqdilar. Namozni o'qib bo'lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so'ng 
«Ammo ba'd» deb so'z boshladilar: «Sizlarning bu sa'yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, 
biroq kechasi namoz o'qimoq farz bo'lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim».
AbuHumayd as-So'idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
namozdan keyin o'rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan 
so'ng, «Ammo ba'd» deb so'z boshladilar».
Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'rinlaridan 
turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba'd» deganlarini eshitdim».
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, 
boshlariga katta salla o'rab, so'nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano 
aytganlaridan so'ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to'plandi. Rasululloh «Ammo ba'd» 
deb so'z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg'aydir, (boshqa) 
odamlar ersa, ko'payg'usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub 
mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, 
yomonligini afv etsinlar!»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling