Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Jum'a kuni xutbada yomg'ir so'ramoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet209/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

34-bob. Jum'a kuni xutbada yomg'ir so'ramoq
Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam davrlarida 
qurg'oqchilik bo'ldi. Jum'a kuni Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xutba aytib 
turgan erdilar, bir badaviy o'rnidan turib: «Yo Rasululloh, mol-hollar halok bo'ldi, bola- 
chaqalar och qoldi. Olloh taolodan bizga yomgir so'rab beringiz!» - dedi. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam qo'llarini ko'tarib duo qila boshladilar, osmonda esa bir parcha 
ham bulut ko'rinmasdi. Jonim qo'lida bo'lgan zotga qasamyod etib ayturmenkim, 
qo'llarini duodan tushirmasdanoq osmonni tog'dek-tog'dek bulut bosdi. Keyin, Janob 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning minbardan tushib ulgurmaslaridan soqollaridan 
yomg'ir tomchilari tomayotganini ko'rdim. O'sha kuni, uning ertasi va indiniga ham 
yomg'ir yog'ib, hatto keyingi jum'agacha davom etdi. Keyingi jum'ada o'sha yoki boshqa 
bir badaviy: «Yo Rasululloh, binolar bosib qolyapti, mol-hollar g'arq bo'layotir, Olloh 
taolodan bizga yomg'irni to'xtatmakni so'rab beringiz!» - dedi. Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam duoga qo'llarini ko'tarib: «Ilohi, ustimizga ermas, atrofimizga yomg'ir 
yog'dirg'il!» - dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo'llari birlan qaysi tomonga 
ishora qilsalar, o'sha tomonning bulutlari tarqab ketar erdi. Nihoyat, Madinai Munavvara


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
osmoni doira shaklida ochildi. Yomg'ir ersa, vodiyga bir oy yog'di. O'sha tomondan kim 
kelmasin, ko'p yomg'ir yog'ayotgani haqida gapirar erdi».
35-bob. Jum'a kuni imom xutba aytayotganda o'zaro so'zlashayotganlarni 
tinchitish haqida
Agar kishi yonidagi birodariga «Jim turg'il!» desa ham noo'rin gap qilgan bo'lur. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Imom so'zlayotganda odamlar jim turib 
tinglamog'i lozim» deganlar»,— deydilar Salmon, Abu Hurayra rivoyat qiladirlar: 
«Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Jum'a kuni imom gapirib turganda yoningdagi 
birodaringga «Jim turg'il!» desang, noo'ring gap qilibsan»,— deganlar»

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling