Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayit namozini o'qigandan keyin xutba aytmoq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

8-bob. Hayit namozini o'qigandan keyin xutba aytmoq
Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr va Usmon 
raziyallohu anhular birlan birga hayit namozini o'qidim. Ularning hammalari ham hayit 
namozini xutbadan avval o'qidilar».
Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam ham, Abu Bakr va 
Umar ham ikkkala hayit namozini xutbadan avval o'qidilar»,- deydilar.
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
Ro'za hayiti kuni ikki rak'at hayit namozi o'qidilar, hayit namozidan avval ham, keyin 
ham namoz o'qimadilar. So'ng, xotinlar jamoasi oldiga bordilar, ul kishi birlan birga Bilol 
ham bor erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam xotinlarni sadaqa bermakka da'vat 
qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Birov sirg'asini, birov 
bilaguzugini tashladi».
Barro deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bugun (hayit kuni) eng avvalo 
hayit namozini o'qig'aymiz, keyin borib, qurbonlik qilg'aydirmiz. Kim shunday qilg'aydir, 
bizning sunnatimizni bajargan bo'lur. Kim namozdan avval qo'y so'ygan bo'lsa, bola-


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
chaqasiga go'sht g'amlab beribdir, qurbonlik qilmabdir»,-dedilar. Shunda ansoriylardan 
Abu Burda degan sahoba: «Yo Rasululloh, namozga kelishimdan avval qo'y so'yib erdim 
Menda yana ikki yoshga yetmagan bir echkicha bordir, ikki yashardan ham ko'rkamroq, 
shuni qurbonlik qilsam bo'lg'aydirmi?» -dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«O'rniga o'shani qurbonlik qila qolg'il, lekin sendan boshqa hech kimga bu ruxsat 
ztilmaydir!» -dedilar».
9-bob. Hayitda va haramda qurol ko'tarib yurmoqning makruhligi
Hasan Basriy: «Hayit kuni sahobai kiromlarga qurol taqib (yokim olib) yurmoq man' 
qilingan bo'lib, dushman xavfi bo'lgandagina ruxsat qilingandir»,-deydilar.
Sa'id ibn Jubayr rivoyat qiladirlar: «Ibn Umar birlan birga ot minib ketayotganimizda ul 
kishining oyoqlarining kaftiga nayzaning uchi kirib qadalib qoldi. Men otdan tushib 
sug'urib tashladim. Bu voqea Minoda bo'lgan erdi. Bundan xabar topgan Hajjoj ko'rgani 
kelib: «Nayzani sizga kim tiqqanini bilganimizda erdi!» - dedi. Shunda Ibn Umar: «Siz 
tiqdingiz!» - dedilar (Hajjoj suiqasd qilmoqqa buyurgan erdi). Hajjoj: «Qanday qilib?»- 
dedi. Ibn Umar: «Qurol olib yurmoq mumkin bo'lmagan kunda qurol olib yurmoqqa 
ijozat berdingiz. Haramga qurol birlan kirmoq mumkqn ermas erdi, bunga ham ruxsat 
berdingiz!» -dedilar».
Sa'id ibn al-Osim: «Otam bunday deb aytgan erdilar»,— deydilar: «Hajjoj Ibn Umar 
huzurlariga kirganda men ham o'sha yerda erdim. «Ahvolingiz nechuk?» -dedi Hajjoj. 
«Yaxshi»,- dedilar Ibn Umar. «Kim nayza urdi sizga?» - dyob so'radi Hajjoj. Ibn Umar: 
«Qurol ko'tarmoq mumkin bo'lmagan kunda qurol ko'tarmrqqa ruxsat bergan kishi 
urdi»,- dedilar»,

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling