Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Hayz ko'rmagan va hayz ko'rgan xotinlarning namozga chiqishi


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet220/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

15-bob. Hayz ko'rmagan va hayz ko'rgan xotinlarning namozga chiqishi
Ummu Atiyya: «Paranji yopinadigan qizlarimizga ham (hayit) namoziga chiqmoqni 
buyurishar erdi» ,— deydilar.
Hafsa onamiz mazkur hadisga qo'shimcha qilib: «Endigina bo'yiga yetgan (hali


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
turmushga chiqmagan) qizlarga ham, paranji yopinadirgan qizlarga ham hayit namozida 
qatnashmakni buyurishar erdi. Hayz ko'rgan ayollar namozgohdan chetroqda turar 
erdilar»,- deydilar.
16-bob. Yosh bolalarning namozgohga chiqmog'i
Ibn Abbos raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam 
birlan birga Ro'za hayiti yokim Qurbon hayiti kuni namozgohga chiqdim (men yosh bola 
erdim). Hayit namozini o'qib bo'lib, (erkaklarga) xutba aytdilar, so'ng xotinlar oldiga 
borib, ularga ham va'z aytib, nasihat qildilar hamda ularni sadaqa bermakka da'vat 
qildilar».
17-bob. Hayit namozi o'qilgandan keyin imomning odamlarga qarab xutba 
aytmog'i
Abu Sa'id: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam odamlarga qarab xutba aytdilar»,- 
deydilar.
Barro raziyallohu anhu bunday deydilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Qurbon 
hayitida ikki rak'at hayit namozi o'qigach, bizga qarab: «Bizning bugun qiladirgan 
birinchi qurbonlig'imiz - eng avvalo namoz o'qimoqdir, keyin ersa, qo'y so'yib qurbonlik 
qilg'aymiz. Kimki shunday qilg'aydir, bizning sunnatimizni ado etgan bo'lur, ammo kimki 
hayit namozidan avval qo'y so'ysa, o'z oilasiga go'sht tayyorlab bergan bo'lur. 
Qurbonlikka buning hech aloqasi yo'qdir!»-dedilar. Shunda bir kishi turib: «Yo 
Rasululloh, men hayit namozidan avval qo'y so'yib qo'yibdirman. Menda yana ikki 
yashardan yoshroq bir echki bolasi bordir»,-dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: 
«O'shani so'ya qolg'il, lekin bu sendan keyin biror kishiga ruxsat etilmag'aydir! - dedilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling