Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Namozgohga o'rnatilgan bayroq


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

18-bob. Namozgohga o'rnatilgan bayroq
Ibn Abbosdan: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga hayit namoziga 
borganmisiz?» - deb so'rashdi. «Ha, borganman, lekin Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallamga yaqin odam bo'lmaganimda namozga borolmagan bo'lur erdim, chunkim men 
hali yosh bola erdim-da!» - dedilar Ibn Abbos, keyin yana davom etib, quyidagilarni 
aytib berdilar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Kasir ibn Salt hovlisi yonida 
o'rnatilgan bayroq yoniga kelib hayit namozini o'qidilar, so'ng erkaklarga xutba aytdilar. 
Keyin, xotinlar oldiga borib (yonlarida Bilol ham bor erdi), ularga ham va'z aytib, nasihat 
qildilar, ularni sadaqa bermakka da'vat etdilar. Xotinlarning qo'llarini cho'zib, Bilolning 
etagiga taqinchoqlarini sadaqa qilib tashlayotganlarini ko'rdim. Keyin, Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam Bilol birlan birga uylariga qaytdilar».
19-bob. Imomning hayit namozida xotinlarga va'z-nasihat aytmog'i
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Ro'za 
hayitida o'rinlaridan turib hayit namozini o'qidilar, so'ng xutba aytdilar. Xutba aytib 
bo'lib, minbardan tushdilar va xotinlar oldiga bordilar. Bilolning qo'liga suyanib turib
ularga va'z-nasihat qildilar. Xotinlar Bilolning etagiga sadaqa tashlay boshladilar. Men:
«Fitri ro'za berishganmidi, o'shanda?»-deb Atodan so'radim. Ato: «Yo'q, fitri ro'za ermas 
erdi, lekin o'shanda xotinlar sirga va bilaguzuklarini sadaqa qilishgandi»,- dedi. «Ne deb


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
o'ylaydirsiz, imom hozir ham o'sha paytdagidek xotinlarga sadaqa bermakni buyurmog'i 
va ularga va'z-nasihat qilmog'i mumkinmi?» - deb so'radim. «Ha, albatta, shunday 
qilmoqlari kerak, lekin imomlar nega bunday qilishmag'aydir, bilmasman»,- dedi Ato».
Ibn Abbos naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, Abu Bakr, Umar va 
Usmon birlan birga ham Ro'za hayitlarida namoz o'qiganman. Ularning hammalari ham 
hayit namozini xutbadan avval o'qir erdilar, so'ng xutba qilar erdilar. Bir kuni Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallam hayit namoziga chiqdilar. O'sha kungi voqea haligacha ko'z 
o'ngimda. O'shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam erkaklarga qo'llari birlan 
«O'tiringiz!» deb ishora qilgandilar, erkaklar safini oralab o'tib, xotinlar oldiga 
borgandilar. Ul kishi birlan birga Bilol ham bor erdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam «Ey payg'ambar alayhissalom, agar mo''min xotinlar senga bay'at (qasam) 
qilmakka kelsalar...» degan oyati karimani o'qib: «Ey xotinlar, sizlar o'sha va'dada 
turibsizlarmi?»-degandilar. Xotinlardan biri: «Ha, biz o'sha so'zda turibmiz»,- deb javob 
bergandi. Boshqa xotinlar ersa indamagandi. Rasululloh sallallohu alayxd va sallam: 
«Shunday erkan, unda sadaqa qilingiz!»- degandilar. Bilol ersa etagini ochib: «Ota- 
onam sizlarga fido bo'lsin, marhamat qilingiz!» - degandi. Shunda xotinlar sirg'alari 
bormi, uzuklari, bormi, hammasini Bilolning etagiga tashlagandi».
Abdurrazzoq: «Johiliya davrida uzuk va sirg'alar katta-katta bo'lar erdi»,-deydi.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling