20-bob. Xotin kishining hayit namoziga yopinib chiqishga paranjisi bo'lmasa...
Hafsa binti Sirin rivoyat qiladirlar: «Hayit kuni ayollarimizning hayit namoziga
chiqishlarini man' qilar erdik. Bir vaqt bir ayol (Ummu Atiyya) kelib Baniy Xalaf qasriga
tushdi. Men borib u bilan gaplashdim. Opasining eri Rasululloh sallalloxu alayhi va
sallam birlan birga 12 marta g'azot qilgan erkan. Opasi ham eri birlan birga 6 ta
g'azotda qatnashgan erkan. O'sha rpasi: «Biz kasallarga qarar erdik, yaradorlarni
davolar erdik. Bir kuni: «Yo Rasululloh, birontamizning yopinchig'imiz bo'lmasa, hayit
kuni namozga chiqmasak, gunoh bo'lmagaymi?» - debdi. Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam: «Dugonasining yopinchig'laridan birini olib tursin, yaxshilikka (hayit namoziga)
qatnashsin va mo''minlar birlan duo o'qisin!»-debdilar. Ummu Atiyyadan: «Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam falon narsalar haqida ne deganlar, eshitganmisiz?» -deb
so'radim, «Ha, otam. haqqi-hurmati, eshitganman (ul, Janob Rasulullohning nomlarini
tilga olganda, ko'pincha «otam haqqi-hurmati»,- deb qo'yardi). Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam endigina bo'yiga yetgan qizlarga ham, paranji yopinadirgan ayollarga
ham, hayz ko'rgan xotinlarga ham namozga chiqmoqni buyurar erdilar»,- dedi. «Xayz
ko'rgan xotinlarga hammi?» - deb so'radim. Shunda u: «Ha, hayz ko'rgan xotin Arafotga
chiqmaydirmi? Yokim falon qilmaydirmi, yo piston qilmaydirmi? deya haj marosimlarini
sanay ketdi».
21-bob. Hayz ko'rgan xotinlarning namozgohdan narida turmog'i
Ummu Atiyya: «Bizga namozgohga chiqmakni buyurishar erdi, hayz ko'rganlar ham,
endigina bo'yiga yetgan qizlar ham, paranji yopinadirgan ayollar ham, xammamiz
chiqardik. Ammo, hayz ko'rgan xotinlar namozgohdan chetda turib ishtirok etishdi»,-
deydilar.
Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
Do'stlaringiz bilan baham: |