Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

IKKI HAYIT HAQIDA KITOB 
1-bob. Ikki hayit va ularda yasanish to'g'risida
Solim ibn Abdullohga Abdulloh ibn Umar bunday degan ekanlar: «Hazrat Umar 
raziyallohu anhu bozordan bitta ipak chopon sotib oldilar-da, Rasulullohning huzurlariga 
kelib: «Yo Rasululloh, mana bu choponni sotib olingiz, uni hayitda va mehmon 
kutganingizda kiyg'aydirsiz»,- dedilar». Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Bu kiyim 
oxiratdan nasibasi yo'q odamning kiyimidir!» - dedilar. Olloh iroda qilgancha vaqt o'tib, 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam X,azrat Umarga bitta ipak chopon tortiq qilib 
yubordilar. X,azrat Umar ipak choponni olib Rasululloh sallallohu. alayhi va sallamning 
huzurlariga keldilar-da: «Yo Rasululloh, siz: «Bu chopon oxiratdan nasibasi yo'q 
odamning choponidir! - deb aytgan erdingiz-ku! Endi buni menga yuboribsiz?!»-dedilar. 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Choponni sotib, biror hojatingizga 
yaratg'aydirsiz»,- dedilar».
2-bob. Hayit kuni qilichbozlik, nayzabozlik o'yinlarining joizligi
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam mening hujramga 
kirganlarida ikki cho'ri qiz yonimda o'ltirib «Buos» degan mashhur ashulani aytayotgan 
erdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'rinlariga yonboshlab, yuzlarini o'girib 
oldilar. Shunda Hazrat Abu Bakr Siddiq (Oishaning otalari) kirib, meni va ashulachi 
qizlarni qattiq koyidilar-da: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlarida 
shayton surnayi chaling'aydirmi?» -dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Abu 
Bakr Siddiqqa qarab: «Qo'yaveringiz ularni!» - dedilar. Abu Bakr Siddiq biz tomonga 
qaramay turganlarida cho'ri qizlarga ishora qildym, chiqib ketishdi. Bu voqea hayit kuni 
bo'lgan erdi. O'sha kuni sudanlyaklar nayzabozlik, qilichbozlik o'yinlari ko'rsatishgandi. 
O'shanda, yoki men o'zim Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: «Ko'rsam 
maylimi?»- deb so'ragandim, yohud Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning o'zlari 
menga: «Tomosha qilasanmi?»-degandilar. Shunda men: «Ha»,-degandim. Rasululloh 
sallallohu alayhi va sallamning orqalarida» turib tomosha qilgandim, yuzim yuzlariga 
shundoqqina tegib turgandi. Janob Rasululloh: «Ey Baniy Arfada, bo'sh kelmangyz!» - 
deb xitob qilgan erdilar. Keyin, mening zerikkanimni bilib: «Bo'ldimi?» - degandilar.
Men: «На»,- deb aytgandim. «Borg'il bo'lmasa, ketaqol!» - degandilar».

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling