Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Dushmanni quvib ketayotgan va orqasidan dushman quvib kelayotgan


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

45-bob. Dushmanni quvib ketayotgan va orqasidan dushman quvib kelayotgan 
odamning ot ustida namoz o'qimog'i\
Valiyd Al-Avzo'iyga: «Men Sharhabiyl ibn as-Samt va uning sheriklarini ot ustida namoz 
o'qib ketayotganlarini ko'rdim» ,— dedi. Al-Avzo'iy: «Ha, namoz qazo bo'lmog'idan 
cho'chisak, ot ustida imo-ishora birlan namoz o'qib ketaverar erdik»,-dedi. Valiyd 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning: «Hech kim Baniy Qurayzadan boshqa joyda 
namozi asr o'qimasin!» degan so'zlarini dalil qilib keltirdi.
46-bob.
Ibn Umar naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam Xandaq g'azotidan 
qaytganlaridan so'ng: «Biror kishi Baniy Qurayzaga yetib olmaguncha asr namozini 
o'qimasin!»-dedilar. Ba'zi birovlar asrni yo'lda o'qidi, ba'zilar: «Bormaguncha 
o'qimaymiz»,-deyishdi, yana ayrimlar: «O'qiyvergaymiz, «Namoz o'qimangiz!» 
deganlaridan maqsad, manzilga tezroq yetib olmoqdir»,- deyishdi. Keyin, bu gapni 
Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga yetkazishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi 
va sallam ularning birortasini ham koyimadilar».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
47-bob. Namozi bomdodni tong otmasdan barvaqtroq o'qimoq; hujum va urush 
oldidan namoz o'qib olmoq
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam (Xaybarni ishgol 
qilish oldidan) g'ira-shira paytda namozi bomdodni o'qib oldilar. So'ng, otga minib yo'lga 
tushdilar. Xaybar ko'ringan vaqtda: «Ollohu akbar, Xaybar xarob bo'ldi, biz biror 
qavmning yeriga kelib to'shsak, ularning holiga voydir!» -dedilar. Xaybar ahli shoshib 
ko'chalarga chiqishdi, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni ko'rib: «Muhammad katta 
qo'shin birlan kelibdir»,- deyishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va. sallam ularning 
qarshilik ko'rsatganlarini o'ldirib, qolganlarini asir .oldilar. Rasululloh sallallohu alayhi va 
sallam asira Safiyyani Dixya al-Kalbiyga berdilar, lekin sahobalar tavsiyasi birlan shu 
zahoti Dixyani rozi qilib, uni qaytarib oldilar. Keyin, uni ozod etib, (unga) uylandilar. 
Abdulaziz Sobitga: «Siz mahriga ne berganlarini Anasdan so'radingizmi?» - deganda, 
mahriga ozodlik berganlar»,- deb kulib qo'ydi».


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling