Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Hayit kuni duo aytmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Ramazon hayiti kuni hayit namoziga chiqishdan oldin ovqatlanmoq
- 5-bob. Qurbon hayiti kuni hayit namozidan song ovqatlanmoq
3-bob. Hayit kuni duo aytmoq
Barro raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning xutba aytib turib: «Albatta bugun (hayit kuni) birinchy bo'lib qiladirgan ishimiz - namoz o'qimoq, keyin ersa, borib qurbonlik qilmoqdir. Kimki shunday qilsa, bizning sunnatimizni bajo keltiribdir!» - dedilar». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Huzurimga (otam) Abu Bakr kirdilar. Oldimda ikkita ansoriy cho'ri qiz ansoriylarning «Buos» kuniga bag'ishlangan baytlarini ashula qilib aytayotgan erdi. Lekin, ikkala cho'ri qiz ham ashulachi ermas erdi. Shunda Abu Bakr Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy Siddiq: «Shaytonning surnaylari (kelib-kelib) Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning uylarida chaling'aydirmi?» - deb koyidilar. Bu voqea hayit kuni bo'lgan erdi, O'shanda Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ey Abu Bakr, har bir qavmning o'z bayrami bordir, bu kun bizning bayramimiz!» -degandilar». 4-bob. Ramazon hayiti kuni hayit namoziga chiqishdan oldin ovqatlanmoq Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir necha xurmo yeb olmasdan hayit namoziga chiqmas erdilar». Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasulullox. sallallohu alayhi va sallam xurmoni toqlab (1, 3, 5) yer erdilar». 5-bob. Qurbon hayiti kuni hayit namozidan so'ng ovqatlanmoq Anas raziyallohu anhu naql qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Kimki Hayit namozidan avval qurbonlik qilgan ersa, qayta qurbonlik qilsin!» - dedilar. Shunda bir kishi: «Bu kun ishtaha birlan go'sht yeydirgan kun!» deb qo'shnilari to'g'risida gapirdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam uning o'z qo'shnilari to'g'risidagi so'zini ma'qullagandek bo'ldilar. Keyin, boyagi kishi: «Menda ikki yashar bo'lay deb qolgan bir echki bordir, u myonga ikkita qo'ydan ham afzaldir»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'sha echkini qurbonlik qilmoqqa ruxsat berdilar. Echkini qurbonlik qilmakka faqat o'sha kishiga ruxsat berdilarmi yokim hammagami, bilmayman». Barro ibn Ozib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qurbon hayiti kuni hayit namozidan so'ng xutba ayta turib: «Kimki biz singari namoz o'qib, qurbonlik qilgaydir, qurbonligi qabul bo'lg'aydir, ammo kimki hayit namozidan avval qurbonlik qilg'aydir, hisobga o'tmag'aydir»,- dedilar, Abu Burda ibn Nayyor (Barroning tog'asi): «Men qo'yimni hayit namozidan ilgari so'ydim. Bugun yeb~ichadirgan kun erkanligini bilganim uchun, qo'yimni qurbonlik qilinadirgan qo'ylar ichida birinchi bo'lsin, deb uyimda so'ymoqni afzal ko'rdim, shul sababdan qurbonlik qo'yimni hayit namoziga kelishdan avval so'yib, go'shtidan pishirib, ovqatlanib keldim»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Qo'ying qurbonlik ermas, go'shtga so'yilgan qo'y bulibdir»,- dedilar. Ibn Nayyor: «Yo Rasululloh, bizda ikki yashar bo'lay deb qolgan bir echki bordir, u menga ikkita qo'ydan ham afzalroqdir, o'shani qurbonlik qilsam, kifoya qilg'aydirmi?» - dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Ha, senga kifoya qilg'aydir. Sendan boshqa hech kimga ikki yashar bo'lay deb qolgan echki qurbonlikka o'tmag'aydir»,-dedilar (Ikki yoshga to'lgan echki qurbonlikka yaraydir, lekin ikki yoshga to'lmagani 1-yaramaydir)». Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling