Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc


-bob. Yomg'irli kunda jum'aga kelmaslikka ruxsat


Download 5.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/464
Sana03.11.2023
Hajmi5.16 Mb.
#1744316
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   464
Bog'liq
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild

13-bob. Yomg'irli kunda jum'aga kelmaslikka ruxsat
Ibn Abbos yomg'ir yog'ayotgan kuni muazzinga: «Ashhadu anna Muhammadan 
Rasululloh» deganingdan keyin «Hayya alassalot» demoq o'rniga «Salluu fi buyutikum» 
(Uylaringizda o'qingiz) deb aytgin!» - dedilar.
Shunda odamlarga bu gap yoqmagandek bo'ldi. Ibn Abbos: «Mendan yaxshiroq kishi 
(Rasululloh sallallohu alayhi va sallam) ham shundoq qilganlar. Bugun jum'aga kelmoq


Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
og'ir, men sizlarga qiyin bo'lmasin, loyu suv kechib kelmangiz, deb shundoq qildim»,- 
dedilar.
14-bob. Qanchalik uzoq joydan jum'aga kelinadir va kimga (jum'aga) kelmoq 
vojib?
Olloh taolo: «Jum'a kuni jum'aga azon aytilg'aydir, oldi-sotdingizni qo'yib, Ollohni zikr 
etmoqqa oshiqingiz!»-deydi. Ato raziyallohu anhu: «Agar jum'a namozi o'qiladirgan 
qishloqda bo'lsang-u, jum'a namoziga azon aytilsa, azonni eshitsang ham, eshitmasang 
ham jum'aga kelmog'ing lozim va farzdir!»-deydilar. Anas raziyallohu anhu jum'ani goho 
o'z qasrida, goho masjidda o'qir erdi. Qasri Basradan 2 farsax (taxm. 15-16 km) narida 
erdi.
Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Odamlar navbati birlan uzoq qishloqlardan, shahar 
chekkalaridan changu tuproqqa botib, terlab-pishib jum'aga kelishar erdi. Bir kuni bir 
kishi Rasulullohni menikida ekanliklarida ko'rgani keldi. Shunda Rasululloh sallallohu 
alayhi va sallam: «Qani endi, mana shu kuningizni (jum'ani) deb yaxshiroq 
poklansangiz!» -dedilar».
15-bob. Quyosh qiyomdan oqqanda jum'a vaqti boshlanadir
Yahyo ibn Sa'id rivoyat qiladirlar: «Amra degan ayoldan jum'a kuni g'usl qilmoq haqida 
so'raganimda, ul Oisha onamizning shu xususda aytib bergan so'zlarini aytdi: 
«Mehnatkash odamlar kun qiyomdan oqqach, o'sha ahvolda jum'aga kelaverar erdilar. 
Shunda ularga, g'usl qilib kelsangiz erdi, ter hidi ko'tarilib ketar erdi, deyilardi».
Anas ibn Molik rivoyat qiladirlar: «Rasulullox, sallallohu alayhi va sallam jum'a namozini 
quyosh qiyomdan oqqan paytda o'qir erdilar».
Anas raziyallohu anhu: «Jum'a namozini ertaroq o'qib, keyin bir oz uxlab olar erdik»,- 
deydilar.

Download 5.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   464




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling