Tirma, sixmola tuproqqa yuza ishlov berish, qatqaloqni yumshatish, begona oʻtlarni yoʻqotish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi quroli. Ish organlari turiga koʻra, tishli va diskli


Download 496.01 Kb.
Sana26.07.2023
Hajmi496.01 Kb.
#1662619
Bog'liq
Borona


Borona, tirma, sixmola — tuproqqa yuza ishlov berish, qatqaloqni yumshatish, begona oʻtlarni yoʻqotish uchun moʻljallangan qishloq xoʻjaligi quroli. Ish organlari turiga koʻra, tishli va diskli; vazifasiga koʻra, umumiy ishlarga moʻljallangan va maxsus; traktorga biriktirish usuliga koʻra, osma, tirkama va yarim osma xillarga boʻlinadi. Tuzilishiga koʻra, B. lar ikki izli, simmetrik va yoʻnalish (ataka) burchagi oʻzgaruvchan (10°—25°) boʻladi. Tishli B. ish organlari kvadrat, dumaloq, toʻgʻri toʻrtburchak va pichoqsimon shakldagi poʻlat tishlardan iborat. Ular ramaga qattiq (bikr), oshiqmoshiqli (sharnirli) qilib biriktiriladi yoki prujinasimon tirakka mahkamlanadi. Tish tuproqqa pona kabi botib ishlaydi. Bir tishiga toʻgʻri keladigan nagruzkaga koʻra, tishli B. lar ogʻir (16—20), oʻrtacha (12—16) va yengil yoki ekin ustidan yuritiladigan (5—12) xillarga boʻlinadi. Ogʻir va oʻrtacha B. larning tishlari kvadrat, yengillarniki esa dumaloq qilib yasaladi.
Paxtachilikda asosan oʻrtacha B., shuningdek toʻrsimon, prujinali, oʻtoq B. si, aylanadigan pichokli va boshqa xil B. lar ishlatiladi. Ular traktorga tirkagich vositasida biriktiriladi. Tirkagichga 12 dan 24 tagacha B. zvenosi tirkaladi. Gusenitsali traktor bilan ishlaganda tirkagichli agregat 44—50 zvenodan tuziladi. Oʻrtacha B. tuproqni yumshatishdan tashqari 8 sm gacha chuqurlikdagi begona oʻtlar ildizini ham sidirib chiqaradi, yer haydalgandan keyin uning sirtqi qatlamini maydalab yumshatadi va tekislaydi, yaʼni ekin ekishga tayyorlaydi. Toʻrsimon B. dala sirtiga yaxshi moslashadigan toʻrga sharnirli biriktirilgan dumaloq tishlardan tuzilgan. Kuzgi va bahorgi galla nihollari unib chiqqandan keyin begona oʻtlarni yoʻqotish, ayni vaqtda tuproqning sirtki qatlamini yumshatish uchun ishlatiladi. Prujinali B. larda oʻtkir uchli yassi prujina koʻrinishidagi tishlar boʻladi. Ish paytida ular titrab, tuproqni jadal maydalaydi. Prujinali B. lar obikor dehqonchilik zonasida ogʻir, qattiq va toshloq yerlarda keng ishlatiladi. Oʻtoq B. larida prujinali elastik oʻtkir tishlar bulib, chopiq qilinadigan ekinlar ekilgan maydonda tuproqning sirtki qatlamini yumshatish va begona utlardan tozalash uchun ishlatiladi. Aylanadigan pichokli B. larning plastinasimon (unaqay va chapaqay) pichoqpari harakat yoʻnalishiga nisbatan 180° burchak ostida oʻrnatilgan. Yer haydalgandan keyin kesak va palaxsalarni maydalash uchun ishlatiladi. Diskli B. lardan, asosan, chimli yerlarni yumshatish, zaranglashib qolgan shudgor va shoʻri yuvilgan yerlarga ishlov berish, yirik kesak va palaxsalarni maydalash uchun foydalanilgan. Ish organlari diametri 450, 510 va 660 mm li sferik, yassi va kesik disklardan iborat. Toʻqayzor, dala va boglarda ishlatiladigan xillari boʻladi. Paxtachilikda diskli dala B. lari ishlatiladi. Ularning diametri 450–510 mm li sferik disklari batareya tarzida yigʻiladi* Shudgorlangan dalalarda kesak va palaxsalarni kuchirish, ogir tuproqli Tiudgorlarda kattakichik kesaklarni maydalash, kuklamgi ekishdan oldin yerga ishlov berish, kam chimli utloklarni yangilash va angizni yuza yumshatish uchun ishlatiladi. Ogʻir va zarang yerlarga zarur ishlov berish uchun B. ning ballast yashigiga qoʻshimcha (250–350 kg) yuk (mas, qum) solib ishlanadi.

Download 496.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling