Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi


Download 0.89 Mb.
bet1/18
Sana08.03.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1251513
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI



BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
REJA:



  1. Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi

  2. Boronalar

  3. G'altaklar va g'ildiraklar


Tishli boronalarni tasniflanishi.
Tishli boronalar vazifasiga ko'ra dala va o'tzorlarga mo'ljallangan boronalarga ajratiladi.
Dalabop boronalar ishchi organlarining ramaga berkitish usuliga qarab qo'zg'almas (bikr) tishli, sharnirli va prujinasimon tishli boronalarga ajratiladi (69-rasm). Qo'zg'almas tishli boronalar bitta tishiga to'g'ri keladigan og'irligiga qarab yengil (bitta tishiga 5-10 N og'irlik), o'rtacha (bitta tishiga 10-20 N) va og'ir (bitta tishiga 20-30 N og'irlik) boronalarga bo'linadi.

Boronalar.
A - kvadrat kesimli tish; B - doira kesimli tish; V - oval kesimli tish; G - panjasimon tish; d -to'rsimon boronaning tishlari; e - o'tloq boronaning pichoqsimon tishlari; J -prujinasimon boronaning tishlari; a - BZTS-1,0; b - to'rsimon BSO-4; v - shleyf borona ShB-2,5; g - motiganing ninasimon diski; 1 va 2 - rama plankalari; 3 - tish; 4 - tirkama qurilma; 5 - osmaning brusi; 6 -ustun; 7 - barmoq; 8 va 13 - zanjirlar; 9 - tayanch; 10 - tortqi; 11 - ramka; 12 - to'rsimon polotno; 14 - shleyf; 15 - yelka; 16 - vaga; 17 - pichoq; 18 - taroqlar.
Qo'zg'almas tishli boronalarda ko'ndalang kesimli kvadrat, doira, romb, uchburchak va ellips shaklida bo'lgan tishlar qo'llaniladi (69-rasm). Kvadrat kesimli tishlarning o'tkirlik burchagi 2y=90°. Uchburchak kesimli tishlarda 2y<60°; romb kesimli tishlarda o'tmas burchagi oldinga qaratilganda 2y=120°.
Panjasimon boronalarda yoysimon uchli maxsus tishlar qo'llaniladi.
Shleyfli boronalar qattiq tishli boronalar va sudratmalarning (volokushka) ayrim xususiyatlarini o'ziga birlashtirgan. Ular yog'ochdan yoki metalldan yasaladi.
Sharnirli boronalarga ko'ndalang bruslari, tutib turuvchi tishlari qo'zg'aluvchan va har bir zvenosi sharnirli bog'langan ikkita seksiyadan iborat tishli boronalar kiradi. Ularning ishchi organlari har xil shakldagi tishlar bo'lib, bunda ikkita tishga yuklama 9,8-15,7 N ni tashkil qiladi.
To'rsimon boronalar universal, yengillashtirilgan va maxsus otqashlagichlarga bo'linadi.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling