Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar
Download 0,9 Mb.
|
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Galtaklarning asosiy parametrlari
- Galtakning minimal radi-usini aniqlashga doir sxema. Galtakning (gildirakning) dumalashga qarshiligi
BORONALAR VA G'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI REJA: Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar
G'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI G'altaklarning asosiy parametrlari G'altaklarning (g'ildiraklarning) asosiy parametrlari ularning gardishi diametri va uzunligidir (kengligi). G'altakning diametri shunday bo'lishi kerakki, u katta kesak bilan uchrashganda uni oldinga surmasdan ustidan oson dumalab o'tishi kerak. G'altak kesak ustidan dumalab o'tganda uning bosimi kesakda jamlanadi va u parchalanadi yoki tuproqqa bosib kirgiziladi. Aks holda g'altak kesaklarni o'z oldiga suradi, ya'ni tuproqni uyumlashishi ro'y beradi. Shunday ekan, g'altakni normal ishlashi uchun kesaklar g'altak bilan dala yuzasi orasida qisilishi kerak, bunda quyidagi shart bajarilishi lozim; 8 Kesak radiusi r^bilan g'altak radiusi rk o'rtasidagi bog'liqlikni olish uchun (82-rasm) g'altak va kesakni bir-biriga tegish nuqtasi balandligi AB ni гш va rk orqali ifodalaymiz. 82-rasmdan AB=rk+rKMcos8=rk-rKMcos8, yoki o'zgarishlardan keyin: rcos 8 2 riMsin28 /2. G'altakning minimal radi-usini aniqlashga doir sxema. G'altakning (g'ildirakning) dumalashga qarshiligi Tekis yerda doimiy tezlik bilan harakat qilayotgan g'altaklarning va g'ildiraklarning dumalashga qarshiligi Grandvuane-Goryachkin formulasi bo'yicha aniqlanadi: bu yerda Q - g'altak yoki g'ildirakning og'irlik kuchi va mashina og'irligining unga tushadigan qismi, N; b - g'altakning uzunligi yoki g'ildirakning kengligi, sm; D - g'altakning (g'ildirakning) diametri, sm; q - tuproqning hajmiy ezilish koeffitsiyenti, N/sm3. Bu formula birinchi bo'lib Grandvuane tomonidan empirik ko'rinishda olingan, so'ngra esa nazariy holatlar asosida akademik V.P.Goryachkin tomonidan chiqarilgan. Shuning uchun (65) bog'liqlik Grandvuane-Goryachkin formulasi nomini olgan. Tekis bo'lmagan ishchi yuzali g'altaklarning dumalanishga qarshiligi, odatda, biroz kattaroq va Rntyu=eR nisbatdan aniqlanishi mumkin, bu yerda e -yuzaning notekisligi tufayli qarshilikni o'sishini hisobga oladigan koeffitsiyent. Uni 1,1-1,3 ga teng deb qabul qilinadi. Pnevmatik shinali g'ildiraklarning dumalanishga qarshiligi qattiq gardishlilarga nisbatan kamroq. U Rpsh=kP nisbatdan aniqlanishi mumkin, bu yerda k - qarshilikni kamayishini hisobga oladigan koeffitsiyent. U quyidagi qiymatlarga ega: yengil shudgorlangan dala uchun 0,75-0,79, ang'iz uchun 0,650,68, o'tzor uchun 0,58-0,62, zichlangan yo'l uchun 0,60-0,65. Dumalanishga qarshilikka shinalarning ichki bosimi katta ta'sir ko'rsatadi. Dumalanishga quvvat sarfini kamaytirish uchun dalaning holatiga mos ravishda ichki bosimni o'zgartirish maqsadga muvofiqdir. Yangi shudgorlangan dalada ichki bosimning miqdori shinani konstruktsiyasiga bog'liq ruxsat etilgan minimumga mos kelishi kerak. Download 0,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling