Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet6/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Boronalar.
A - kvadrat kesimli tish; B - doira kesimli tish; V - oval kesimli tish; G - panjasimon tish; d -to'rsimon boronaning tishlari; e - o'tloq boronaning pichoqsimon tishlari; J -prujinasimon boronaning tishlari; a - BZTS-1,0; b - to'rsimon BSO-4; v - shleyf borona ShB-2,5; g - motiganing ninasimon diski; 1 va 2 - rama plankalari; 3 - tish; 4 - tirkama qurilma; 5 - osmaning brusi; 6 -ustun; 7 - barmoq; 8 va 13 - zanjirlar; 9 - tayanch; 10 - tortqi; 11 - ramka; 12 - to'rsimon polotno; 14 - shleyf; 15 - yelka; 16 - vaga; 17 - pichoq; 18 - taroqlar.
Qo'zg'almas tishli boronalarda ko'ndalang kesimli kvadrat, doira, romb, uchburchak va ellips shaklida bo'lgan tishlar qo'llaniladi (69-rasm). Kvadrat kesimli tishlarning o'tkirlik burchagi 2y=90°. Uchburchak kesimli tishlarda 2y<60°; romb kesimli tishlarda o'tmas burchagi oldinga qaratilganda 2y=120°.
Panjasimon boronalarda yoysimon uchli maxsus tishlar qo'llaniladi.
Shleyfli boronalar qattiq tishli boronalar va sudratmalarning (volokushka) ayrim xususiyatlarini o'ziga birlashtirgan. Ular yog'ochdan yoki metalldan yasaladi.
Sharnirli boronalarga ko'ndalang bruslari, tutib turuvchi tishlari qo'zg'aluvchan va har bir zvenosi sharnirli bog'langan ikkita seksiyadan iborat tishli boronalar kiradi. Ularning ishchi organlari har xil shakldagi tishlar bo'lib, bunda ikkita tishga yuklama 9,8-15,7 N ni tashkil qiladi.
To'rsimon boronalar universal, yengillashtirilgan va maxsus otqashlagichlarga bo'linadi.
Universal to'rsimon borona tishlarining uzunligi kamayib boradigan uchta ketma-ket bog'langan zvenolardan iborat: birinchi zvenoda uchi o'tkirlangan uzun dumaloq tishlar, ikkinchisida - pichoqsimon uchli dumaloq tishlar va uchinchisida - o'tmas uchli dumaloq tishlar bo'lib, har bir zvenodagi bitta tishga yuklama mos holda 0,85; 4,9 va 3,43 N ni tashkil qiladi.
Yengillashtirilgan to'rsimon boronalar universal to'rsimon boronalarning modifikatsiyasi hisoblanadi va ular ancha yengil sharoitlarda ishlash uchun mo'ljallangan.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling