Boronalar va g'altaklarning nazariyasi va hisobi Boronalar G'altaklar va g'ildiraklar


Download 0.9 Mb.
bet8/18
Sana04.04.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1325375
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
BORONALAR VA G\'ALTAKLARNING NAZARIYASI VA HISOBI

Og'ir prujinasimon boronalar og'ir va toshli tuproqlarda qo'llaniladi. O'toq qiladigan yengil prujinasimon boronalar tuproqning yuqori qatlamini yumshatish va chopiq qilinadigan ekinlarda yosh begona o'tlarni yo'qotish uchun qo'llaniladi. Ularni quruq iqlim sharoitlarida qo'llash ancha maqsadga muvofiqdir.
O'tzorlarni parvarish qilish uchun o'tzor boronalari qo'llaniladi.
Yuqorida keltirilgan boronalarning ishchi organlari - tishlari ilgarilanma harakat qiladi. Ishchi organlari uzatma orqali faol aylanadigan (tebranma borona) va tuproq bilan tishlashish kuchi ta'sirida aylanadigan rotatsion boronalar ham qo'llaniladi.
Xorijiy firmalar faol ta'sirli boronalarni keng qo'llaydi: rotorli (tishlarni qo'shimcha aylanma harakati bilan) va tishli seksiyalarning ko'ndalang tebranma harakati traktor QOVidan olinadi.
Rotatsion boronalar (motigalar) ekinzordagi qatqaloqni parchalash, angizni boronalash va ekinzorlarga ishlov berish uchun qo'llaniladi. Bu boronalar va motigalarning ishchi organlari o'qlarda erkin o'rnatilgan ninali disklardir (69-rasm).
Diametri 350 mm bo'lgan disklar egilgan tishlar bilan jihozlangan. Qatqaloqlar yumshatilganda disklar «ensasi» bilan ishlaydi, ular ko'karib chiqqan ekinlar siyraklashtirilganda «tumshugi» bilan teskari tomonga aylanadi.
Tishli boronalarga quyidagi asosiy agrotexnik talablar qo'yiladi: boronalar tuproqni 4-6 sm chuqurlikdan mayda donador qilib yumshatishi kerak. Bunda yumshatilgan qatlamdagi 25 mm dan mayda fraksiyalarning miqdori 80% dan kam bo'lmasligi, yumshatilgan qatlamni tubi esa tekis bo'lishi kerak. Ishlov tubining o'rkachlarini balandligi 1 sm dan oshmasligi kerak. Bir yillik begona o'tlar o'ldirilishi kerak.
Diskli boronalarning tasniflanishi va konstruktsiyasining asosiy elementlari
Diskli boronalar bo'z, botqoq va butazor yerlarga ishlov berganda chimli palaxsalarni va kesaklarni maydalash hamda o'tzor va o'tloqlarni yaxshilash uchun ishlatiladi.
Diskli boronalar vazifasiga ko'ra dalabop, bog'bop va botqoqbop, traktor bilan bog'lanish usuliga qarab osma va tirkalma boronalarga bo'linadi. Diskli boronalar simmetrik va nosimmetrik og'ir va yengil bo'ladi.
Diskli boronalarda ishchi organ sifatida chetlari o'tkirlangan tekis va botiq sferik disklar qo'llaniladi. Og'ir boronalar kesik disklar bilan jihozlangan (71-rasm).
Disklarning xarakterli ayrim xususiyati shundan iboratki, ular ish jarayonida mashina yoki qurol ramasi bilan ilgarilanma harakat qilishi bilan birga tuproq reaksiyasi ta'sirida ham aylanadi. Ilgarilanma harakat qiluvchi ishchi organlardan farqliroq o'simlik qoldiqlari bilan kam tiqiladi. Ish vaqtida borona katta bo'lmagan palaxsani qirqadi, ularni maydalaydi va qisman ag'darib chetga tashlaydi. Diskli ishchi organli qurollarni qo'llanilishi faqat toshlar bilan ifloslangan tuproqlarda cheklangan, chunki disklarning tig'larini mustahkamligi kam bo'lgani uchun ular sinadi, deformatsiyalanadi va tez o'tmaslashadi.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling