G'altakning (g'ildirakning) dumalashga qarshiligi
Tekis yerda doimiy tezlik bilan harakat qilayotgan g'altaklarning va g'ildiraklarning dumalashga qarshiligi Grandvuane-Goryachkin formulasi bo'yicha aniqlanadi:
bu yerda Q - g'altak yoki g'ildirakning og'irlik kuchi va mashina og'irligining unga tushadigan qismi, N; b - g'altakning uzunligi yoki g'ildirakning kengligi, sm; D - g'altakning (g'ildirakning) diametri, sm; q - tuproqning hajmiy ezilish koeffitsiyenti, N/sm3.
Bu formula birinchi bo'lib Grandvuane tomonidan empirik ko'rinishda olingan, so'ngra esa nazariy holatlar asosida akademik V.P.Goryachkin tomonidan chiqarilgan. Shuning uchun (65) bog'liqlik Grandvuane-Goryachkin formulasi nomini olgan.
Tekis bo'lmagan ishchi yuzali g'altaklarning dumalanishga qarshiligi, odatda,
biroz kattaroq va Rntyu=eR nisbatdan aniqlanishi mumkin, bu yerda
e -yuzaning notekisligi tufayli qarshilikni o'sishini hisobga oladigan koeffitsiyent. Uni 1,1-1,3 ga teng deb qabul qilinadi.
Pnevmatik shinali g'ildiraklarning dumalanishga qarshiligi qattiq gardishlilarga nisbatan kamroq. U
Rpsh=kP nisbatdan aniqlanishi mumkin, bu yerda
k - qarshilikni kamayishini hisobga oladigan koeffitsiyent. U quyidagi qiymatlarga ega: yengil shudgorlangan dala uchun 0,75-0,79, ang'iz uchun 0,650,68, o'tzor uchun 0,58-0,62, zichlangan yo'l uchun 0,60-0,65.
Dumalanishga qarshilikka shinalarning ichki bosimi katta ta'sir ko'rsatadi. Dumalanishga quvvat sarfini kamaytirish uchun dalaning holatiga mos ravishda ichki bosimni o'zgartirish maqsadga muvofiqdir. Yangi shudgorlangan dalada ichki bosimning miqdori shinani konstruktsiyasiga bog'liq ruxsat etilgan minimumga mos kelishi kerak.
FAOL TA'SIRLI ROTATSION ISHCHI ORGANLI MASHINALAR VA KULTIVATORLARNING ASOSIY KONSTRUKTIV ELEMENTLARI
Do'stlaringiz bilan baham: