Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi
Tishli borona qarshiligi va uning muvozanatlik sharti
Download 0.89 Mb.
|
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Disklarning asosiy geometrik parametrlari
Tishli borona qarshiligi va uning muvozanatlik sharti
Boronaning muvozanatligini bo'ylama-tik tekislikda ko'rish maqsadga muvofiq, chunki gorizontal tekislikda ta'sir etuvchi kuchlar o'zaro teng. Tishli boronaga quyidagi kuchlar ta'sir qiladi (77-rasm): og'irlik markaziga qo'yilgan og'irlik Pb; og'irlik markaziga qo'yilgan, tishlarga tik ta'sir etuvchi tuproq qarshiliklarining teng ta'sir etuvchisi £Nb; gorizontal ta'sir etuvchi tuproq qarshiliklarining teng ta'sir etuvchisi Yfi-g; tortish kuchi F. Tortish chizig'i og'irlik markazi izidan o'tsa boronaning turg'un harakati ta'minlanishi mumkin, bu esa uning ma'lum parametrlarida tizginining uzunligi ln va stsepka brusidagi tirkash nuqtasi balanligi hc ga bog'liq. Borona og'irligi quyidagicha hisoblanadi: Pb = q B / b0, (58) bu yerda B- boronaning qamrash kengligi, B=nbo; n - borona tishlarining soni; q -bir tishga to'g'ri keladigan og'irlik. Boronaning tortishga qarshiligi Y.Rg=nk1, bu yerda k1 - bir tishning tortish qarshiligi. Paxta ekiladigan hududlarda yengil boronalar uchun k1=12-18 N, o'rtacha boronalar uchun к1=24-28 N, og'ir boronalar uchun к1 =35-50 Disklarning asosiy geometrik parametrlari Barcha turli-tuman diskli ish organlarini ikki xil geometrik shaklga keltiriladi: tekis disk va sferik disk. Tekis diskni egrilik radiusi cheksizlikka teng (r=oc) bo'lgan sferik disk kabi ko'rish mumkin. Shunday qilib, disklarning asosiy parametrlari diametr D va egrilik radiusi r bo'ladi. Ular bilan disk diametral kesimining markaziy burchagining yarmiga teng bo'lgan burchak s1 o'zaro bog'langan (78-rasm). Bu parametrlarning har biri texnologik ahamiyatga ega. Disk diametri D ning kattalashishi bilan tuproq reaksiyasining tik tashkil qiluvchisi keskin oshadi, natijada uni tuproqqa chuqurlashishi yomonlashadi. Shuning uchun katta diametrli diskni botishi uchun qurolning massasi yoki ballast turidagi qo'shimcha yuklama talab qilinadi. Shunday ekan, ish sharoiti bo'yicha disk diametri mumkin qadar kichik bo'lishi kerak. Disk diametri belgilangan maksimal ishlov chuqurligi a ga bog'liq. Amaliyotda D va a lar orasidagi ma'lum nisbat ishlab chiqilgan: Shunday ekan, ikki parametrni berib uchinchisini (61) formuladan topish kerak. Disklarning asosiy parametrlari standartlashgan. Davlat standartiga asosan boronalar disklarining diametri - 450-660 mm, egrilik radiusi - 109, 169 va 220 mm, s1 burchagi - 22-26°. Diskning texnologik xususiyatlariga uning charxlanishi katta ta'sir ko'rsatadi. U eng avvalo, charxlanish yoki o'tkirlanish burchagi bilan hamda u bilan bog'langan orqa, ensa burchak bilan yoki tirqish burchak s2 bilan xarakterlanadi. Disklar, odatda, qabariq - tashqi tomonidan charxlanadi. Boronalar uchun i=10-200. Qattiq tuproqlarga ishlov berish uchun mo'ljallangan disklar ichki tomonidan charxlanadi. Diskning tig'i aylana shakliga va doimiy charxlanish burchagiga ega bo'lganligi uchun faska kesik konus shakliga ega. Faskaning hosil qiluvchilari asos tekisligiga co=i+s1 burchak ostida qiya qilingan, bu yerda s1 - old burchak. Undan tashqari kesish burchagi a = i + s2 ham ajratiladi. Orqa ensa burchak s2 katta texnologik ahamiyatga ega. Tuproqqa ishlov berishga quvvat sarfi va hatto, diskning ishlash qobiliyati uning qiymatiga bog'liq. Bu burchak o'zgaruvchan bo'lib, diskning balandligi bo'yicha o'zgaradi. Diskni normal ishlashi uchun dala yuzasi sathida ensa burchak musbat bo'lishi kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling