Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi
Tishli boronalarning tishlarini ramada joylashtirish
Download 0.89 Mb.
|
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ilonizsimon borona tishining tuproqqa tasir etish sxemasi.
Tishli boronalarning tishlarini ramada joylashtirish
Borona tishlarini ramada to'g'ri joylashtirish uchun tishlar bilan tuproqni deformatsiyalanish zonasini bilish kerak. Har bir tish tuproqni ko'ndalang tik tekislikda cho'qqisi pastga qaragan konus shaklida deformatsiyalaydi. Konus yasovchilari bilan tishning vertikal o'qi orasidagi burchak в/2 ga teng. в ning qiymati tuproq sharoiti, ishlov chuqurligi va tishning yo'g'onligiga bog'liq bo'lib, uning o'rtacha qiymati в=600. Ustki tuproq qatlamida deformatsiya zonalari bj bir-birini qoplaydi, pastda esa ishlanmay qolgan uchburchak shaklidagi bo'ylama marzalar hosil bo'ladi. Marzalar balandligi quyidagicha aniqlanadi: Agrotexnik talablarda ko'rsatilgan ruxsat etiladigan marzalar balandligining qiymatini hisobga olgan holda tishlar orasidagi masofa tanlanadi. Tishlarning ramada joylashishini qog'ozda tasvirlovchi sxema boronaning tishlar maydoni deb ataladi. Sxemaga qarab boronaning agrotexnika talablarini qondirishi aniqlanadi. Tishlarni borona ramasida joylashtirishda quyidagi talablar nazarda tutiladi. Tuproqni tekis yumshatish uchun har bir tish mustaqil iz solishi va yondosh izlar orasi bir xil bo'lishi lozim. Kesak va o'tlar tiqilmasligi uchun bir qatordagi yondosh tishlar orasi 150 mm dan kam bo'lmasligi kerak. h Ilonizsimon borona tishining tuproqqa ta'sir etish sxemasi. Boronaning ravon harakatini buzishga intiluvchi kuchlarni hosil bo'lmasligi uchun tishlar maydonini to'g'ri tuzib, barcha tishlarning bir xil sharoitda ishlashini ta'minlash kerak. Buning uchun old qatordagi tishlar izi keyingi tishlar izidan bir xil oraliqda joylashishi lozim. Bu holda har qaysi tishga chap va o'ng tomondan bir xil qarshilik kuchi ta'sir etadi, natijada borona tekis harakatlanadi. Boronaga qo'yilgan talablarni bajarish uchun ularni loyihalashda tishlarni ko'p yo'lli vintning yoymasi bo'ylab joylashtirish usuli qo'llaniladi. AB chizig'i vintsimon chiziqning tekislikdagi yoymasi bo'lsin. Vint qadami t=ABcosa, bu yerda a - vintsimon chiziqning tsilindr yasovchilariga qiyalik burchagi (76-rasm). Chap tomonga yo'nalgan vintsimon chiziqlar yoymalarining tsilindr yasovchilari bilan kesishish nuqtalari orqali qiya chiziqlar o'tkazib, ularni teskari (o'ng) tomonga yo'nalgan vintsimon chiziqlarning yoymasi deb qarash mumkin. Vintsimon chiziqlar yoymasida bo'ylama plankalar, tsilindr yasovchilari bo'ylab esa ko'ndalang plankalar joylashtiriladi. Borona ramasining bo'ylama plankalari o'ng va chapga yo'nalgan vintsimon chiziqlar yoymasida joylashganidan rama ilonizi shaklli bo'ladi. Boronaning tishlari maydonini qurishda ikki xil usul qo'llaniladi: a - tishlar chap va o'ng tomonga yo'nalgan vintsimon chiziqlar yoymalarining bir-biridan teng oraliqda joylashgan ko'ndalang plankalar bilan kesishish nuqtalarida joylashtiriladi: b - tishlar chap (to'g'ri) va o'ng (teskari) tomonlarga yo'nalgan vintsimon chiziqlar yoymalarining kesishish nuqtalarida joylashtiriladi. (76b-rasm). Hozirgi tezkor og'ir va o'rtacha boronalar shu sxema asosida yasaladi. Loyihalashda izlar orasi bo, ko'ndalang qatorlar (plankalar) soni m va vintsimon yo'llar soni k belgilanadi. Plankalar soni va bir tomonga yo'nalgan vintsimon yo'llar soni umumiy ko'paytgichga ega bo'lmasligi kerak, aks holda ikki va undan ham ko'p tishlar bir izdan o'tishi mumkin. Oddiy boronalarda m=5. Bu holda chapga yo'nalgan vintsimon yo'llar yoymalarining soni k=3, o'ng yoymalar soni esa к1=2 bo'ladi. a b Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling