Boronalar tishli va diskli baranalarni ishlash texnologiyasi
Download 0.89 Mb.
|
BORONALAR TISHLI VA DISKLI BARANALARNI ISHLASH TEXNOLOGIYASI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ogir prujinasimon boronala
- Rotatsion boronalar
- Tishli boronalarg
Shleyfli boronalar erta bahorda yumshatilgan shudgor yuzasini tekislash va tuproqda namlikni saqlash uchun qo'llaniladi. Ayniqsa, ularni sabzavot ekinlari va lavlagi ekishga tuproqni tayyorlash uchun qo'llash maqsadga muvofiqdir.
To'rsimon boronalar tuproq yuza qatlamini yumshatish bilan bir vaqtda begona o'tlarni yo'qotish, qatqaloqni parchalash, donli va chopiq qilinadigan ekinlarning jo'yaklarini tekislash uchun mo'ljalangan. Maxsus to'rsimon boronalar - qashlagichlar qandli lavlagining ekinlarini siyraklashtirish uchun qo'llaniladi. To'rsimon boronalar relyefga yaxshi moslashadi va tuproq yuzasiga tekis ishlov beradi. Og'ir prujinasimon boronalar og'ir va toshli tuproqlarda qo'llaniladi. O'toq qiladigan yengil prujinasimon boronalar tuproqning yuqori qatlamini yumshatish va chopiq qilinadigan ekinlarda yosh begona o'tlarni yo'qotish uchun qo'llaniladi. Ularni quruq iqlim sharoitlarida qo'llash ancha maqsadga muvofiqdir. O'tzorlarni parvarish qilish uchun o'tzor boronalari qo'llaniladi. Yuqorida keltirilgan boronalarning ishchi organlari - tishlari ilgarilanma harakat qiladi. Ishchi organlari uzatma orqali faol aylanadigan (tebranma borona) va tuproq bilan tishlashish kuchi ta'sirida aylanadigan rotatsion boronalar ham qo'llaniladi. Xorijiy firmalar faol ta'sirli boronalarni keng qo'llaydi: rotorli (tishlarni qo'shimcha aylanma harakati bilan) va tishli seksiyalarning ko'ndalang tebranma harakati traktor QOVidan olinadi. Rotatsion boronalar (motigalar) ekinzordagi qatqaloqni parchalash, angizni boronalash va ekinzorlarga ishlov berish uchun qo'llaniladi. Bu boronalar va motigalarning ishchi organlari o'qlarda erkin o'rnatilgan ninali disklardir (69-rasm). Diametri 350 mm bo'lgan disklar egilgan tishlar bilan jihozlangan. Qatqaloqlar yumshatilganda disklar «ensasi» bilan ishlaydi, ular ko'karib chiqqan ekinlar siyraklashtirilganda «tumshugi» bilan teskari tomonga aylanadi. Tishli boronalarga quyidagi asosiy agrotexnik talablar qo'yiladi: boronalar tuproqni 4-6 sm chuqurlikdan mayda donador qilib yumshatishi kerak. Bunda yumshatilgan qatlamdagi 25 mm dan mayda fraksiyalarning miqdori 80% dan kam bo'lmasligi, yumshatilgan qatlamni tubi esa tekis bo'lishi kerak. Ishlov tubining o'rkachlarini balandligi 1 sm dan oshmasligi kerak. Bir yillik begona o'tlar o'ldirilishi kerak. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling