Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy
30-bob. Jum'a kuni xutba tinglamoq
Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bunday deb
aytganlar»,— dedilar: «Jum'a kuni maloikalar masjid eshigi oldida birinchi bo'lib
kelganlarni
birinchi deb, ikkinchi bo'lib kelganlarni ikkinchi deb yozib turishg'aydir.
Jazirama issiqda birinchi bo'lib kelganlar bitta tuya, ikkinchi bo'lib
kelganlar bitta sigir,
undan keyingilari bitta qo'chqor, undan keyingilari bitta tovuq,
undan ham keyingilari
ersa, bitta tuxum sadaqa qilganchalik savob olg'aydir. So'ng, imom so'zga chiqsa,
maloikalar daftarlarini yopib, uning suhbatiga quloq solishg'aydir».
31-bob. Imom xutba aytib turganida bir kishining kirib kelganini ko'rsa, unga
ikki rak'at namoz o'qimoqni buyuradi
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Jum'a kuni Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam
odamlarga xutba aytib turgan erdilar, bir kishi kirib keldi. Rasululloh
sallallohu alayhi va
sallam unga: «Ey falonchi, namoz o'qidingmi?» -dedilar. U «Yo'q»,- dedi. Rasululloh
sallallohu alayhi va sallam: «Turg'il, ikki rak'at namoz o'qig'il!»-dedilar».
32-bob. Imom xutba aytayotganda kelib, ikki rak'at yengil namoz o'qigan kishi
Jobir ibn Abdulloh rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam jum'a kuni
xutba aytib turganlarida bir kishi masjidga kirib keldi. Rasululloh unga: «Namoz
o'qidingmi?» - dedilar. «Yo'q»,- dedi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: «Turg'il, ikki
rak'at o'q ig'il!» - dedilar».
33-bob. Imomning xutba aytayotib qo'llarini ko'tarib duo qilmog'i
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jum'a kuni Rasululloh sallallohu alayhi va
sallam xutba
aytib turgan erdilar, birdan bir kishi o'rnidan turib: «Yo Rasululloh, yilqilar
halok bo'ldi, qo'ylar halok bo'ldi. Olloh taolodan bizga yomg'ir so'rab beringiz!»- dedi.
Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam qo'llarini ko'tarib duo qildilar».
Do'stlaringiz bilan baham: