Microsoft Word sahih buhari1 ziyouz com doc
-bob. Tik turib xutba qilmoq
Download 5.16 Mb. Pdf ko'rish
|
buxoriy al-jome as-sahih 1 jild
- Bu sahifa navigatsiya:
- 27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab tinglashgaydir
- 28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan song «Ammo bad» («Andin song ersa») degan kishi haqida
26-bob. Tik turib xutba qilmoq
Anas raziyallohu anhu: «Bir vaqt qarasam, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam tikka turib xutba qilayaptilar»,- deb aytdilar. Ibn Umar raziyallohu anhu: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hozir siz qilayotganingizdek tik turib xutba aytar erdilar, so'ng o'tirar erdilar, keyin yana turar erdilar»,- dedilar. 27-bob. Imom odamlarga qarab xutba aytadir, odamlar ersa, imomga qarab tinglashg'aydir Ibn Umar va Anas ibn Molik imomga tikilib turdilar. Abu Sa'id al-Xudriy: «Bir kuni Rasululloh sallallohu alayhi va sallam minbarga o'tirdilar, biz esa u kishining atroflarida o'tirib tingladik»,-deydilar. 28-bob. Xutbada Ollohga sano aytgandan so'ng «Ammo ba'd» («Andin so'ng ersa») degan kishi haqida Hishom raziyallohu anhu quyidagi hadisni Fotimadan eshitgan erkanlar, unga Asmo aytib bergan erkan: «Oisha onamizning huzurlariga kirsam, odamlar namoz o'qishayotgan erkan. «Odamlarga ne bo'ldi?» - dedim. Oisha onamiz boshlari birlan osmonga ishora qildilar. «Bu (oxirat) alomatimi?» - dedim. «На» degandek bosh qimirlatib qo'ydilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozni juda ham uzoq o'qidilar, hatto mening ko'zim tinib ketdi. Yonimda meshchada suv bor erdi. Ozini ochib boshimga suv quya boshladim. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namoz o'qib bo'ldilar hamki, quyosh tutilishi to'xtab, kun yorishib ketdi. Janob Rasululloh Olloh taologa hamdu sanolar aytdilar, so'ng «Ammo ba'd» («Andin so'ng ersa») deb odamlarga xutba qildilar. (Olloh taologa aytilgan hamdu sano birlan odamlarga aytmoqchi bo'lgan xutbalarini bir-biriga qo'shib yubormaslik uchun «Ammo ba'd» dedilar). Shu payt bir to'da ansoriy ayollar g'ovur-g'uvur qilib qolishdi. Men ularni tinchitib, keyin (eshitmay qolganim uchun); «Rasululloh ne dedilar?» - deb Oisha onamizdan so'radim. Oisha onamiz Rasulullohning hamma aytganlarini menga quyidagicha gapirib berdilar: «Menga ko'rsatilmagan narsa qolmadi, hatto mana shu joyda turib jannatni ham, do'zaxni ham ko'rdim. Menga vahiy qilindi, sizlar qabrda Masih Dajjol fitnasi kabi yoki shunga yaqin bir sinovdan o'tgaysizlar. Oldingizga kelib: «Mana bu kishini (Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni) taniysanmi?» - deb so'ragaylar. So'ralguvchi mo''min (shu yerda Hishom: «yokim taqvodor»,- deb ikkilangaydir) bo'lsa, «Bu kishi Rasululloh, Muhammad sallallohu alayhi va sallamdirlar. Bizga mo''jizalar va hidoyat yo'lini olib kelganlar, biz u kishiga ishonib, aytganlarini qabul qilganmiz, u kishiga ergashganmiz, hamma aytganlarini tasdiqlaganmiz»,- deydi. Unga: «Rohatlanib uxlayver. Biz sening mo''min ekanligingni bilur erdik»,- deyishadi. Ammo, so'ralguvchi munofiq (shu yerda Hishom: «yoki shubhalanuvchi»,- deb ikkilangaydir). bo'lsa, «Bu kishini taniysanmi?»-deyishganda, «Yo'q, bilmasman, odamlar bu kishi xususlarida nelardir deyishar erdi, men ham o'shalardan eshitganlarimni aytar erdim»,- deydi Sahihi Buxoriy. 1-jild. Imom Ismoil al-Buxoriy (Hishom: «O'sha munofiqqa aytishadirgan ogir gaplarni Fotima menga aytgan erdi, lekin yodimdan ko'tarilibdir»,- deydi)». Amr ibn Tag'lib rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi' va sallamga o'lja mollar va asirlar keltirildi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'ljalarni taqsimladilar. Ba'zi kishilarga berdilar, ba'zilariga bermadilar. Shunda o'lja tegmagan kishilar norozi bo'layotganini aytishdi. Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam hamdu sano aytib, so'ng «Ammo ba'd («Andin so'ng ersa») deb qo'ydilar-da, «Olloh haqqi-hurmati, men ba'zi bir kishiga o'lja bergayman, ba'zisiga ersa, bermagayman. Lekin, o'lja olmagan kishi menga o'lja olgan kishidan ko'ra mahbubroqdir. Qalbida qanoatsizlik, mol-dunyoga hirsi borligini sezgan kishimga o'lja bergayman. Olloh qalblariga ko'zi to'qlik va qanoat jo qilgan kishilarni ersa, yanada nazari to'q va qanoatli bo'lmoqqa undagayman, Amr ibn Tag'lib o'sha sabrlilar toifasidandir»,- dedilar. Xudo haqqi, Janob Rasulullohning bu gaplari menga har qancha molu dunyodan ortiq erdi». Oisha onamiz rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bir kuni yarim kechada masjidga chiqib namoz o'qidilar, odamlar ham ularga iqtido qilib, nafl o'qishdi. Tong otgach, odamlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam yarim kechada masjidga chiqib namoz o'qidilar»,-deb o'zaro gaplashishdi. Ertasiga kechqurun undan ham ko'p odam yig'ilib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam birlan birga namoz o'qidilar. Tong otgach, yana shu haqda o'zaro so'zlashdilar. Uchinchi kechada masjid ahli juda ham ko'payib ketdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqib namoz o'qydilar, odamlar ham o'qishdi. To'rtinchi kecha Rasululloh sallallohu alayhi va sallam masjidga chiqmadilar, faqat tong otganda bomdod namoziga chiqdilar. Namozni o'qib bo'lgach, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so'ng «Ammo ba'd» deb so'z boshladilar: «Sizlarning bu sa'yu kushishlaringiz, albatta, yaxshi, biroq kechasi namoz o'qimoq farz bo'lib qolib, keyin qiynalib qolmangiz, dedim». AbuHumayd as-So'idiy rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam namozdan keyin o'rinlaridan turib Ollohga munosib hamdu sano va tahlil aytganlaridan so'ng, «Ammo ba'd» deb so'z boshladilar». Misvar ibn Maxrama rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam o'rinlaridan turib hamdu sano aytayotganlarida «Ammo ba'd» deganlarini eshitdim». Ibn Abbos rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam enlariga izor kiyib, boshlariga katta salla o'rab, so'nggi marta minbarga chiqdilar, Ollohga hamdu sano aytganlaridan so'ng: «Ey odamlar, menga yaqinroq kelingiz!» -dedilar. Odamlar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning oldilariga to'plandi. Rasululloh «Ammo ba'd» deb so'z boshladilar: «Mana bu ansoriylar qabilasi kelajakda ozayg'aydir, (boshqa) odamlar ersa, ko'payg'usidir. Muhammad sallallohu alayhi va sallam ummatiga mansub mansabdor odamning biror kishiga zarari yokim foydasi tegsa, yaxshiligini qabul qilib, yomonligini afv etsinlar!» Download 5.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling